Bugungi kunda plastik idishlar hayotimizga keng kirib kelgan. Bir tomondan qulay boʼlsa, ikkinchi tomondan havfsiz, shisha, chinni yoki sopol idishlarga nisbatan chidamliroq. Tez sinmaydi, metal ishishlarga nisbatan qulay, yengil. Lekin mana shu plastik idishlar ham qoʼllanilishi tomonidan bir-biridan farq qiladi. Аyrimlarida yegulikni saqlasa boʼladi, ayrimlarida esa xavfli boʼlishi mumkin. Xoʼsh, roʼzgʼor, xususan oshxona uchun plastik idishlar olayotganda nimalarga eʼtibor qaratish kerak?
Аvvalo, idishga tushirilgan taniq belgiga diqqat qiling. Bu yerda uni nimadan ishlab chiqarilgani, yeguliklarni saqlasa boʼladimi yoʼqmi kabi maʼlumotlar ham berilgan boʼladi. Faqat siz u yerdagi belgilarni toʼgʼri oʼqiy olishingiz kerak.
Demak belgilar.
agar idishga “qadax-sanchqi” belgisi tushirilgan boʼlsa, hech ikkilanmasdan yeguliklar uchun olavering. U ozuqa mahsulotlarini saqlash uchun xavfsiz va yaroqli. Mabodo, shu belgi boʼlmasa yoki bu belgining ustidan chiziq tortilgan boʼlsa, aksincha, uni yeguliklar uchun ishlata koʼrmang……………………
siz olmoqchi boʼlgan idishda uchta strelkadan iborat uchburchak shakli tushirilgan boʼlsa, bilingki, bu idishni ishdan chiqqandan keyin qayta ishlash mumkin. Darvoqe, bu belgini “mebius sirtmogʼi” deb atashadi.
Idishlarda belgilardan tashqari qisqartirilgan yozuvlar ham mavjud. Ularni ham toʼgʼri talqin qila olish kerak.
PET yoki PETE degan yozuv boʼlsa, bu idish polietilentereftalat moddasidan ishlangan. Bu modda qadoqlash idishlari (butilka, quti, baklashka kabi) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu asosan salqin ichimliklar, sharbat va suv solish uchun ishlatiladi. Undan oshxonada, ayniqsa, xarorati yuqori ozuqalar uchun ishlatish xavfli hisoblanadi.
HDPE (PND) yozuvi tushirilgan idishlar past bosimli yuqori qalinlikka ega boʼlgan polietilendan tayyorganliklarini bildiradi. Uni yeguliklarni saqlash va oshxonada ishlatish xavfsiz hisoblanadi.
PVC yoki PVX yozuvi polivinilxlorid moddasidan tayyorlangan idishlarga tushiriladigan yozuv. Bunday yozuvli idishlarni yeguliklar uchun ishlatish mumkin yemas. Unda inson salomatligi uchun zararli boʼlgan moddalar, hatto simob ham bor boʼlishi mumkin.
PP yozuvli idishlar polipropilendan ishlangan boʼladi. Odatda, oʼyinchoq va qutilar uchun ishlatiladigan modda. Yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bunday idishlarni qaynoq va issiq mahsulotlarni saqlashda ham ishlatish mumkin.
PS yozuvli idishlar esa polistiroldan ishlangan boʼladi. Polistirol oshxona jihozlari (bir martalik qoshiq-sanchqi, ozuqa mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladigan idishlar) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bunday idishlarda yeguliklarni saqlash mumkin faqat sovuq holatda. Sababi, yuqori haroratda bunday idishlar oʼzidan zaxarli boʼlgan sterol moddasini ajratadi. Bundan tashqari, har qanday plastik idishlarda boʼlgani kabi polistirol idishlarda spirtli ichimliklar va suyuqliklarni saqlash mumkin emas.
Plastik idishlarni harid qilayotganda, ulardan foydalanishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi haqida ozmi-koʼpmi maʼlumotga ega boʼldingiz. Endi oshxonada yana bir narsaga eeʼtibor qaratish kerak. Odatda taom va yeguliklarni isitish kerak boʼlganda ular metall idishga yoki qozonga solinib olovga qoʼyiladi. Аmmo keyingi paytlarda koʼplab honadon sohibalarining ogʼirini yengil qilayotgan mikrotoʼlqinli pechlarda metall idishlarda ovqat isitib boʼlmaydi. Shunda plastik idishlar yordamga keladi. Аmmo qanday plastik idishlarni mikrotoʼlqinli pechga solsa boʼladi? Buni ham bilish zarur.
Mikrotoʼlqinlarning isitish tizimi shunday ishlaydi: isitilayotgan yegulikka mikrotoʼlqin yuboriladi. U taomdagi suv molekulalarini harakatga keltiradi. Natijada mahsulot haroratining koʼtarilishi kuzatiladi. Har qanday taomda suv borligini hisobga oladigan boʼlsak, istalgan yegulikni mikrotoʼlqinli pechda isitish mumkin. Bu ularning taʼmiga ham, tarkibiga ham tasir qilmaydi. Аgar siz mana shu maqsadda ishlatmoqchi boʼlgan idish maxsus mikrotoʼlqinli pech uchun moʼljallangan boʼlsa, ikkilanmasdan pechga solavering. U erib ketmaydi.
Plastik idishlarning yana bir turi borki, “bir martalik” degan tamgʼa ostida ishlab chiqariladi va ishlatiladi: “ichidagini yeding, oʼzini chiqitga ot”. Mabodo, siz isrof boʼlayapti degan aqida bilan ham bunday idishlarni keyin ishlatish uchun yuvib oʼtirmang. Baribir ulardan foydalanish toʼgʼri emas, isrof boʼladi deb hisoblasangiz, bunday idishlarni umuman ishlatmang, bundan tashqari bir martalik idishlarda yegulikni isitish ham toʼgʼri emas.
Bir martalik plastik idishlardan tashqari koʼp marta qoʼllanish uchun chiqariladigan idishlar ham koʼp. Odatda bunday idishlar doira, kvadrat, toʼrtburchak, chemodancha, bir biriga kiyiladigan qilib ishlanadi. Bunday idishlarning ayrimlari mikrotoʼlqinli pechda ovqat isitish uchun moʼljallangan boʼlishi mumkin. Xuddi shuningdek isitishga moʼljallanganlari ham bor.