Koʼp holatlarda uy bekalarimizni oshxona va uy xonalaridagi noxush hidlar bezovta qilishi mumkin. Lekin ulardan tez va oson qutulishni yoʼllari bor. Buning uchun bekalarimizga quyidagi usullardan foydalanishni maslahat beramiz:
Qoʼldagi noxush hidni (baliq, sarimsoqpiyoz va shu kabi xidlarni) ketkazish uchun qoʼllarni avval tuz bilan ishqalab, soʼng sovun bilan yuvish kerak.
Ogʼizdan kelayotgan sarimsoqpiyoz hidini petrushka chaynab ketkazish mumkin.
Baliq hidi kelayotgan sirli idish yoki tovani qizdirilgan tuz bilan ishqalab, soʼng chayish kerak.
Аgar qoshiq va sanchqilardan baliq hidi kelsa, ularni sovunli sovuq suvda chayib, oʼsimlik yogʼi surtiladi va yaxshilab yumshoq sochiqda artiladi.
Taxtakach va boshqa oshxona idishlaridan kelayotgan piyoz hidini quruq tuz bilan ishqalab ketkazish mumkin.
Oshxonadagi noxush hidni — ochiq idishda sirka qoʼshilgan suv qaynatilgach, bir necha daqiqadan soʼng xona havosini yangilab, ketkazish mumkin.
Issiq komforkaga apelьsin yoki limon poʼsti yoki issiq gaz pechiga ozgina tuz sepib, ushbu maqsadda qoʼllash ham mumkin.
Toshib ketib, gaz plitasiga toʼkilgan sut hidini yoʼqotish uchun plita ustiga tuz sepiladi va nam qogʼoz bilan yopiladi. Ushbu usul bilan noxush hid tarqalishini toʼxtatish mumkin.
Xonadan boʼyoq hidini ketkazish uchun bir bosh sarimsoqpiyoz tozalanib, bir necha vaqtga xonada qoldiriladi.
Xonadan moyboʼyoq hidini tezroq ketkazish uchun bir nechta joyga tuz solingan likopchalar qoʼyiladi.
Sigaret tutuni xona havosi yangilanganda ham osonlikcha tozalanmaydi. Buning uchun derazalar ochilib, xonaning istalgan joylariga 2-3 dona namlangan sochiq qoʼyiladi. Nam sochiq sigaret tutunini oʼziga tortadi.