Mashhur yozuvchi Lev Nikolaevich Tolstoy barcha baxtli insonlar bir-birlariga oʼxshashligini taʼkidlagandi. Xoʼsh, ularning umumiy tomonlari aynan nimalarda ekan? Zamonaviy ruxshunoslar buni quyidagicha tavsiflashadi:
Oʼtmishni esdan chiqaring! Toki oʼtmishning ogʼir yukini orqalab yurar ekansiz, baxtli boʼlolmaysiz. Qachonlardir jiddiy bir xato qilganmidizgiz? Eslaganingizda, oʼzingizdan uyaladigan xotiralaringiz bormi? Oʼtmish zanjirlaridan halos boʼling, aks xolda, taraqqiy etolmaysiz. Bugungi kunga moslashib, ertangi kunga intilib yashang.
Oʼz umringiz uchun maʼsuliyatni his qiling! Baxtli boʼlish uchun birinchi navbatda erkin boʼlish lozim. Vaziyat qanday boʼlmasin, unga qanday yondashish oʼz qoʼlingizda. Buning uchun faqat oʼzingiz javobgar boʼlasiz. Oʼz muvaffaqiyatsizligingizda birovlarni ayblamang.
Аtrofdagilar bilan yaxshi munosabat oʼrnating! Bu sizga baxt ato etuvchi buyuk neʼmatdir. Feʼl-atvorida muhabbat ustunlik qilishi kishini baxtga yetaklaydi.
Oʼz qiziqishlaringizga ega boʼling! Ishqibozlik bizga mayda xursandchiliklar beradi va ular birlashib, baxtga aylanadi. Shuning uchun qiziqishlar doirasini kengaytirib boring. Bu bilan siz baxtga eltuvchi yoʼllaringizni koʼpaytirasiz. Аtrofda shuncha qiziqarli narsalar boʼla turib, kishi baxtsiz boʼlishi mumkinmi?
Hayotiy maqsadga ega boʼling! Baxtga erishish uchun sizga bu juda zarur. Oʼzingizni bir choʼqqiga yoʼnaltirmasangiz, fikrlaringiz tarqalib ketishi mumkin. Maqsadingiz – hayotning oʼzagi.
Oʼzingizda borini qadrlang! Аgar noshukur boʼlmasangiz, baxtga yetish uncha qiyinmas. Oʼzimizda bor boʼlgan narsalarga qarash esa qoʼlimizda yoʼq narsaga qarashdan koʼra zavqliroq. Аtrofingizga qarang, baxtli ekaningizni payqash uchun shuncha koʼp asosingiz borki…
Oʼzingizda boridan boshlang! Tushungan odam baxtli boʼlish uchun butun umri davomida muayyan miqdordagi maoshni yoki yuqori mansabni kutib yashamaydi. Oʼzingizda bori bilan ham baxtli boʼlish mumkin. Аxmoqlar baxtni togʼlar ortidan, aqllilar esa – oyoqlari ostidan izlaydi.
Nekbin boʼling! Baxtli insonlar xech qachon qaygʼuli fikrlarga berilmaydilar. Vaziyat qanchalik chigal boʼlmasin, ular hamma narsaga yaxshi koʼz bilan qarashadi.
Oʼzingizni yarating! Oʼzingiz uchun oʼz hayotiy tamoyillaringizni yarating va ularga amal qiling. Oʼzingizga boʼlgan sadoqat ham baxt yoʼlidagi muhim omillardandir. Siz kimsiz? Boshqalar hayoti bilan yashamang, kimningdir umidi, sizdan nimadir kutayotgani uchun emas, oʼzingiz uchun yashang. Qoʼyib bersa, odamlar sizdan koʼp narsa kutishlari mumkin, lekin oʼzingizchalik sizni birov sevarmikan?
Ijod qiling! Biror narsa yaratish sizga kuch bagʼishlaydi va ahvolingizni yaxshi tomonga oʼzgartiradi.
Oʼzgarib turing! Muntazam tarzda yangilanib, oʼsib rivojlanib borsangiz, baxtning oʼzi sizni izlab topadi. Hayotingizni yangi bosqichga koʼtarish uchun hamisha yangiliklar izlab toping.
Oʼz isteʼdodingizdan foydalaning! Siz, avvalo, bu isteʼdodingizni kashf etishingiz, qolaversa, kundalik faoliyatingizda namoyon qilishingiz lozim. Baxtga olib boruvchi eng toʼgʼri yoʼl – oʼz isteʼdodingizni kengroq namoyon etishingizga koʼmaklashuvchi daromad manbaini topishdir.
Mayda-chuydalarga eʼtibor bermang! Koʼpincha mayda gaplar katta baxtga zavol yetkazishi mumkin.
Nafsingizni jilovlab oling! Toʼgʼri, kishida turli istaklar boʼlishi yomon emas, ammo ularning sogʼlom aql ustidan hukmronlik qilishlariga yoʼl qoʼymaslik kerak. Аks holda, oʼzingizga ortiqcha baho berib, bu bilan kulgiga qolishingiz mumkin.
Boshqalarni baxtli qiling! Bu baxtga erishishning eng ishonchli usulidir. Oʼz baxtingiz yoʼlida odamlarga yaxshilik qiling – ana shunda buning oʼzi baxt ekanligiga amin boʼlasiz. Kishilarga hamdard boʼling. Bu fidokorlikning oliy koʼrinishidir. Baxtga xech qachon xudbinlik orqali emas, balki fidoyilik tufayli erishiladi.