Bekalar uchun yangi tavsiyalar

Mikroblarga qarshi kurashamiz


Ovqat suzishdan oldin idishlarni qaynoq suvda chayib oling, chunki idish-tovoqdan kukun (gel) hidi kelishi yoki toza yuvilgan idishlarga chang qo’ngan bo’lishi mumkin.
Idish yuvayotganda suvga biroz tuz yoki iste’mol sodasi solinsa, mikroblar halok bo’ladi.
Biron idishga yog’och qipig’i solinib, idish-tavoq javoniga qo’yilsa, oziq-ovqat maxsulotlari aynimaydi, ichkarini mog’or bosmaydi.



Xamir qorish siri.


Xamir qilinadigan unni garchi toza bo’lsada elab ishlating. Elanganda uning orasiga havo kirib, hamir yaxshi ko’pchiydi.
Qaynoq suvga hamir qorib bo’lmaydi. Negaki qaynoq suv xamirni tirishtirib, yoyishni qiyinlashtiradi va ko’pchitmaydi ham.
Xamirni o’z hajmidan 2 baravar katta tog’orada qoring.
Xamir qorayotganda suvni birdan qo’shmang. Oz-ozdan qo’shsangiz xamir tez qoriladi.
Xamir mahsulotlarning orqasi tandirga yopishib, tushib qolmasligi uchun yopishdan oldin qizigan tandir devorlariga nomakop seping.

Go’shtni pishirayotganda


Go’shtga tuz sepib qovurilsa seli yaxshi chiqadi.
Go’sht sovuq suvga solinib, asta sekin qaynatib pishirilsa, sho’rvasi shirin bo’ladi.
Agar go’shtdagi moddalar ko’proq saqlanib qolsin desangiz, uni biqirlab qaynab turgan suvga solib yoki qovurib pishiring.