Shakar roʼzgʼor uchun qoʼl keladi!

Shakar, odatda, mahsulotlarga shirin taʼm berish uchun ishlatiladi. Biroq undan yana boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.

Sugar
Shakar surunkali ogʼriqlarni paydo qiladigan bakteriyalarni oʼldirishga qodir. Bu juda oddiy: bakteriyalarning koʼpayishi uchun namlik kerak, shakar esa suvni oʼziga singdirib oladi.

Аchchiq taomdan soʼng ogʼizning lovullashidan qutulish uchun bir choy qoshiq shakar shimish kifoya. U darrov ogʼiz shilliq qavatining achishishini toʼxtatadi.

Lab boʼyoq surtilgan lablarga ozgina shakar sepib, birozdan soʼng yalasangiz, boʼyoq uzoqroq vaqt turadi.

Shakar turli oʼtlardan qolgan dogʼlarni ketkazadi. Dogʼni ivitib, ustiga shakar seping va bir soatga qoldiring. Natijasi sizni hayron qoldiradi.

Shakar qahva maydalagichda maydalangan har qanday ziravorning hidini ketkazadi.

Qaynoq ichimlikdan til kuyganda ozgina shakar sepilsa, ogʼriq darrov toʼxtaydi.

Shakar gullarni uzoqroq saqlashga yordam beradi. Suvga 3 osh qoshiq shakar va 2 osh qoshiq sirka solsangiz bas. Shakar gul poyasi uchun foydali, sirka esa bakteriyalarning koʼpayishiga yoʼl qoʼymaydi.

Labga shakar va zaytun moyi aralashmasini surtib, 30 soniya kuting. Yuvib tashlang va bemalol pardoz qilavering: hammasi koʼngildagidek boʼladi.

Shakar va har qanday moy aralashmasi bilan qoʼldagi «kuyindi»ni ketkazish oson. Аralashmani qoʼlda ishqalab, yuvib tashlang.