Tish pastasi faqat tishni tozalashda emas, balki roʼzgʼorning boshqa yumushlarida bekalarga yaqindan yordam berishi mumkinligini koʼpchilik bilmasa kerak. Undan samarali foydalanishning yuzdan ortiq turi mavjud. Quyida ular ichida eng samarali turlari keltiriladi.
Yoqimsiz hidlardan xalos boʼlamiz
Piyoz, sarimsoq va baliq tozalagandan keyin qoʼlga “yopishib” qolgan yoqimsiz xidni bartaraf etish uchun, qoʼllaringizga bir daqiqa tish pastasini surtib, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlang.
Xuddi shunday: barcha yoqimsiz hidli oshxona anjomlariga ham bir daqiqa tish pastasini surtib qoʼyib, keyin sovuq suv yordamida yuving.
Dogʼlarga qarshi
Idish-tovoqlarni yogʼ va qurumdan tozalash uchun, 5-10 daqiqa tish pastasi surtib qoʼyib, keyin idish tovoq yuvadigan gubka bilan iliq suv yordamida yuvish tavsiya etiladi.
Tish pastasi shuningdek, kumushdan yasalgan idishlarni tozalashda eng samarali vosita hisoblanadi.
Qoshiq, sanchqi va pichoq kabi oshxona anjomlaringiz har doim yaltirab turishini istasangiz, goh-gohida ularni tish pastasi bilan yuvib turing.
Tish pastasidan oq krassovkalarni dogʼlardan tozalash va tirnalgan joylarni berkitishda ham foydalanish mumkin.
Ozgina (faqat oqatriruvchi xususiyatga ega boʼlmagan) tish pastasini suv bilan aralashtirib, yangi idish-tovoq gubkasi yoki toza mato bilan koʼpirtiring. Hosil boʼlgan koʼpikni bir necha daqiqaga kiyimga oʼrnashib qolgan dogʼ ustiga qoʼyib qoʼying. Tish pastasi qahva, meva va yogʼ dogʼlarini bir zumda yoʼqotadi.
Goʼzallik va salomatlikda
Tirnoqlarni oqartirib, yanada mustahkam qilmoqchi boʼlsangiz, 7-10 kun davomida har kuni kechqurun tirnoqlaringizga tish pastasi surting. Bunday niqob 2-3 daqiqa ushlanib, keyin iliq suv yordamida yaxshilab yuvib tashlanishi kerak.
Аgar siz tuproq bilan ishlasangiz, unda tish pastasi sizga eng yaxshi tozalovchi vosita boʼlishi mumkin. Buning uchun oz miqdordagi pastani choʼtkaga surtib, qoʼlingiz va tirnoqlaringizni suv tagida ishqalang.
Oyoq barmoqlaridagi qadoq ustiga yupqa qilib tish pastasini surting va toʼliq quriganidan keyin qoʼrqmasdan poyabzal kiying. Tish pastasi qadoqni zararlantirib, sizni ogʼroqdan xalos etadi.