Mashinangiz oynalarining bug‘lanishi bilan qanday kurashish lozim?



Oynalarning bug‘lanishi aksariyat haydovchilarning muammosi sanaladi, ayniqsa qishki mavsumda. Bugun «Avto haydovchilar uchun maslahatlar» rukni orqali avtomobilingiz oynalarining bug‘lanishidan qutulishning 4 xil usulini o‘rgatamiz!

1-usul. Oynalarga havo yuborib tozalash usulini yoqing. Deflektorlardan havo oqimini oynalarga yo‘naltiring hamda haroratni ko‘taring. Agar avtomobilda konditsioner bo‘lsa u bir necha daqiqada havoni quritadi.

2-usul. Salonni shamollating. Salonni shamollatish ichki va tashqi haroratni mo‘‘tadillashtirish imkonini beradi, bu esa oynalar bug‘lanishini bartaraf etishga xizmat qiladi.

3-usul. Bug‘ga qarshi uskunani qo‘llang. Bozorda bug‘ga qarshi uskunalarning turli xili mavjud. Ularning ta’sir printsipi sezilmaydigan qoplama hosil qilishi bilan asoslanadi, bu esa suv tomchilarining yuzaga kelishini oldini oladi. Buning uchun uni purkab oynalarni yumshoq matodan bo‘lgan salfetka bilan artish kifoya.

4-usul. Bug‘ga qarshi qoplama. Oynalarni optika va mototsikl shlemlari yoki savdo uskunalarida ishlatiladigan maxsus plyonka bilan qoplash noodatiy va shu bilan birga uzoq muddatli yechim sanaladi.