ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA
Kompliment-maqtov va yahshi gap ayollarga xam, erkaklarga xam birday yoqimli.
Ular buni bajonidil qabul qiladir yoki bunga befarqdek ko’rinsalar xam qalban o’zlarini mamnun va axamiyatli xis etadilar. Agar umr yo’ldoshingizning o’ziga ishonchi yanada oshishini va munosabatlaringiz yanada yahshi bo’lishini istasangiz juftingizga quyidagi iboralardan birini ayting.
1. “ Men sizga ishonaman”.
Inson kimgadir ishonish mumkinligini,kimningdir esa unga ishonishi va qo’llab-quvvatlashi mumkinligini bilishga extiyojmand. Buning uchun eringizga muammolar yozilgan ro’yhatni eslatib turishingiz shart emas. Shunchaki ruxlantiruvchi so’zlarni aytsangiz kifoya. “ Nimaiki ishga qo’l urmang siz uni albatta eplaysiz”, “ Bu albatta qo’lingizdan keladi, men bunga ishonaman” . Bunday oddiygina tasdiq so’zlari erkak uchun katta axamiyat kasb etadi va o’ziga ishonch tuyg’usini oshiradi.
2. “ Ko’rinishingizga gap yo’q”.
Tashqi ko’rinish borasidagi iliq so’zlar va maqtov kimga xam yoqmaydi deysiz. Xar qanday erkak umr yo’ldoshining nazdida yoqimli ekanini eshitishni hoxlaydi. Bu eringizni sizdagi yahshi tasavvurni saqlanib qolishi uchun xam o’ziga yahshi qarashga undaydi. Bundan tashqari bunday iboralar juftingizning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi, bu esa erkak uchun juda-juda muxim.
3. “ Biram mexribonsizki…”
Agar juftingiz sizni hursand qilish uchun arzimas bo’lsada nimalarnidir qilsa siz buni albatta qaadrlashingiz shart. Sizni hursand qilish uchun dengiz bo’yida dam olishga chipta yoki qimmatbaxo atir sovg’a qilishi shart emasligini yodda tuting. Arzimas ishlarini xam qadrlang va maqtang: “ Juda chiroyli bozor qilibsiz, biram mexribonsizki ”…
“Vazifasida-qiladida” demang. Arofingizda qanchadan-qancha ayol siz oddiy sanagan shu g’amho’rlikka mushtoq. O’zingizga etgan ne’matga shukr qiling. Qolaversa, Alloxning shukr qiluvchi bandalariga yanada ziyoda qilishini xam unutmang.
4. “ Siz bilan fahrlanaman”
Bunday muosabatning narhi juda qimmat turadi va siz umr yo’ldoshi sifatida eringizni xurmat qilishingiz shart. Inson hato qilishi yoki qandaydir nojoiz ishga qo’l urishi mumkin. Ammo bu xaqida doim eslatib turish va gapirish yaramaydi. Buning o’rniga ayting: “ mana bu ishinigizga qoyil qolamanda”, “ sizdan ko’p narsani o’rganish mumkin” yoki shunchaki “ mana bu jixatingiz juda xam yahshi”. Xar qanday odamda xam eng kamida maqtovga loyiq bitta jixat bo’ladi. Juftingizning yahshi jixatlarini izlab toping va o’ziga xam ko’rsating. Bu eringizning o’zini axamiyatli va qadrli xis etishiga yordam beradi. Qolaversa, uni yahshi hislatlarini yanada ko’paytirishga undaydi.
5. “ Siz yonimda bo’lsangiz o’zimni hotirjam sezaman”.
Xar qanday erkak sevgan ayolining qaxramoniga aylanishni hoxlaydi. Bu undagi tug’ma qobiliyat. O’zi nimadandir cho’chisa xam, juftining bu xaqida bilishini istamaydi. U “supermen” bo’lishni va jasurligi va qo’rqmasligi bilan sevgilisini ya’ni sizni ximoya qilishni hoxlaydi. U yonida ekaningizda qanchalik hotirjam bo’lishingizni xis qilishiga imkon bering. Boshqacha aytganda undagi qaxramonlik extiyojining qonishiga imkon bering. Buning uchun “ Siz yonimda bo’lsangiz qo’rqmayman”, “ Siz bilan bo’lsam hotirjam tortaman” deb ayting.
6. “ Siz yonimda bo’lsangiz kayfiyatim ko’tariladi”.
Extimol juftingiz siz xafa bo’lmasligingiz va kayfiyatingizni yahshilash uchun qo’lidan kelganini qilishga urinar. Siz uning shunday xarakatlarini payqaganmisiz? Balki u xazillashib turar yoki qaergadir aylangani olib borar? Tushkunlikka tushib qolsangiz yoki charchasangiz sizga yordam berishga xarakat qilar? Agar shunday bo’lsa juftingizga mana bu so’zlarni albatta ayting: “ Siz meni kayfiyatimni ko’tarasiz”, “ Siz bilan birga bo’lsam negadir hotirjam tortaman”.