Zararli odatlar haqida qisqacha (sigaret, nos, aroq) ….
Sigaret chekish haqida
Passiv chekish xakida eshitganmisiz? Passiv chekuvchi — bu o’zi chekmaydi, balki chekuvchining tutuni bilan nafas oladi. Routersning xabar berishiga ko’ra bir tekshiruv natijasi shuni ko’rsatdiki oilasida chekuvchi borlarda uyida sigaret chekuvchi yo’qlarga nisbatan insult uchrashi 50% ga ko’p aniqlandi. Atrofingizda sigaret chekuvchilar bo’lsa, U SIZning INSULT bo’lish xavfingizni oshirmoqda.
Bundan tashqari insult bilan og’rigan bemor passiv chekish bilan yashasa, boshqa sabablarga nisbatan o’lim 2 barobar ko’proq uchrashi aniqlandi. Jami 28000 chekmaydigan insonlarda tekshiruv o’tkazilgan. Ularning oilasida chekuvchi borlari xaqida ma’lumot olingan va shu insonlarga sigaret tutunining ta’sirini ularning qonidagi kotinin(nikotinni parchalangan maxsuloti) miqdoriga qarab xulosa chiqarildi.
Agar tutun ta’sir vaqti uzoqroq bo’lsa insult bo’lish extimoli 46 % ga ko’proq bo’lishi aniqlandi. Janubiy Karolina universiteti tibbiy eksperti Anjela Malek shuni ta’kidlaydiki: xar qanday darajadagi sigaret tutunining ta’siri inson organizmi uchun juda xam xavfli.
Sigaret tutuni faqatgina insult xavfini oshirmaydi balki yurak kasalliklari, o’pka raki, prostata va qovuq raki bilan og’rish xavfini oshirishi va bepushtlikka sabab bo’lishi aniqlangan. Bolalarda nafas yo’li maxalliy immunitetini pasaytirib, infektsion kasalliklar va astma rivojlanishiga olib keladi
Nos
Qirg’iziston milliy ilm-fan akademiyasining bir guruh olimlari nosning erkaklar jinsiy salomatligiga ta’sirini o’rganib chiqishdi. Nazariy tomondan nosning inson organizmiga ziyonini barcha shifokorlar biladi, lekin aniq tekshiruvlar natijasidagi xulosa enda nashr qilindi.
Ular O’sh va Qorasuv tumanlarida yashovchi, bepushtlik bilan murojaat qilgan erkakni tekshiruvdan o’tkazishgan. Xulosa qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
nos erkaklar farzand ko’rishiga xar qanday pestitsiddan xam zararliroq ta’sir qilar ekan
uning zarari nosning qancha vaqt davomida chekkanligiga bog’liq emas, ya’ni qisqa vaqtda xam bepushtlik kelib chiqishi mumkin ekan
nos xisobiga kelib chiqqan bepushtlikni tiklashni umuman iloji yuq ekan.
Eng ko’p til osti rakini keltirib chiqarar ekan
Juda ko’p nos chekuvchini bilaman siz sanab o’tgan zararlari yo’q demang! Ko’za kunda emas kunida sinadi, o’sha kuni sizi kuniz ekanligi bilmaysizku!
Alkogol haqidagi noto’g’ri fikrlarimiz!
Xalqimiz orasida odatda shifokorlar ham tavsiya qiladi degan ma’noda orqa qiladiganlar bor, mana shifokor sifatida qalin harflar bilan tagiga chizgan holda aytyapman: Spirtli ichimliklarni 1 grammi ham zararli!!!
1. Spirtli ichimilik – oziq ovqat maxsuloti. Bu xozirgi kunda spirtli ichimiliklarni barcha oziq-ovqat do’konlarida sotilgani uchun shunday tushuncha bor. Aslidachi?! O’tgan asrning 70- yillar o’rtasida BJSST (butun jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti) spirtli ichimliklarni (pivoni xam) NARKOTIK moddalar qatoriga qo’shgan.
2. Ozgina ichsang ziyoni yo’q – bu ba’zi “shifokorlar” o’ylab topgan «maslaxat”. Xozirgacha spirtli ichimlikni oz miqdorini ziyoni yo’qligi yoki foydasini isbotlaydigan biror ilmiy tadqiqot mavjud emas. Aslida xammasi oz-ozdan ichishdan boshlanadi va vaqt o’tishi bilan doza oshishini talab qiladi. Akademik Pavlov oz miqdorda spirtli ichimlik ichgandan so’ng, inson reflekslari 7-14 kundan so’ng me’yorga kelishini aytgan. Oz miqdorda spirtli ichimlik ichuvchilarning 85% ini miyasi 4 yilda «qurishi” mumkinligi aniqlangan. Bo’kib ichilgandan keyin jigar o’z funktsiyasiga to’la qonli qaytishiga 40 kun kerak bo’ladi ekan.
3. Spirtli ichimliklar tumovga yordam beradi va tanani qizdiradi. Frantsiya fanlar akademiyasi o’tkazgan tekshiruviga ko’ra spirtli ichimliklar gripp virusini xech qaysi turiga ta’sir qilmas ekan. Immun tizimni susaytirib, kasallikni og’irroq kechishiga olib keladi. Tanani qizdirishi xaqida bir narsani aytib o’tmoqchiman: xatto oddiy suv xam tanani qizdiradi! Spirtli ichimlik va kofening qizdirishini solishtirma tekshiruv qilingan. Kofe kuchliroq va uzoqroq qizdirishi ma’lum bo’lgan.
4. Spirtli ichimlik insonni kayfiyatini ko’taradi va stressda yordam beradi. Bu xususiyatlari miya to’qimasini tormozlanishi va paralichi xisobiga kelib chiqadi. Ammo uning ta’sirida inson qilayotgan ishi va so’zlari boshqalarda STRESS chaqiradi. Uning ta’siri ketgandan so’ng eski xissiyotlari ikki barobar bo’lib aziyat beradi.
5. Spirtli ichimlik ishtaxani ochadi. Alkogol xazm tizimiga tushgandan so’ng xazm bezlari ko’p miqdorda shira ajratadi. Buning xisobiga insonda «soxta” ochlik paydo bo’ladi. Bu xolat doimiy bo’lsa xazm tizimi bezlari atrofiyaga uchraydi, oshqozon devorida yaralar paydo bo’ladi.
6. Qizil vino(kagor)da foydali moddalar ko’p. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, vino tayyorlash jarayonida uzumdagi deyarli barcha foydali moddalar parchalanib ketadi.
7. Spirtli ichimliklar ish qobiliyatini oshiradi. Avstraliyada o’tkazilgan tadqiqotda, inson fikrini jamlay olmasligi xisobiga, xatoliklar juda xam ko’p bo’lishi aniqlangan. Shuning uchun xamma mashxur tashkilotlarda spirtli ichimlik qabul qilib, ishga kelishi ta’qiqlangan.
8. Spirtli ichimliklar qon bosimini pasaytiradi. Spirtli ichimlik yurak urish sonini oshiradi va buning xisobiga qon bosimi oshadi.
9. Sifatli spirtli ichimlikni ziyoni yo’q. Xar qanday etil spirtidan organizmda o’ta zaxarli sirka aldegidi paydo bo’ladi. Sifatsiz ichimliklarda uksus aldegidini yana xam zararliroq qiluvchi zararli moylari mavjud.
Shifokor urolog: Murodov Zarifjon Jumaboevich