Tishlarni oqartirish uchun foydali tavsiyalar

Tish sarg‘ayishiga sabab nima ?

Tish sarg‘ayishi va yaltirashi yo‘qolishiga sabablar juda ko‘p. Bir qancha ovqat mahsulotlari tish emalini qoplab olishi mumkin. Emal qavat tishning eng birinchi tashqi qoplami. Ushbu qavatning qoplam bilan qoplanishi natijasida tishlar sariq holatga kelib qoladi. Buni inson tishlarni regulyar tozalab turish yo‘li bilan bartaraf etishi mumkin. Ba’zi hollarda tish emal qavati yemirilgan bo‘ladi va dentin qavati ko‘rinib qoladi. Dentin tabiiy sariq rangli, suyak to‘qimasidan iborat qavat.


Quyida tishlarni tabiiy yo‘l bilan oqartirish haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.




Tishlarni o‘simlik moylari yordamida oqartirish (Oil pulling)

Moylar yordamida tishlarni oqartirish Hindistonning an’anaviy va xalq tibbiyotida og‘iz gigiyenasi va mikroblar toksinlaridan xalos bo‘lishning usulidir. Muolaja o‘simlik moylari bilan og‘iz va tishlarni chayqash natijasida tishlar orasida mikroblarni yuvib chiqarishga asoslangan. Buning uchun har qanday o‘simlik moyidan foydalansa bo‘ladi, lekin hindistonliklar ko‘proq kungaboqar moyi va kunjut moyidan foydalanishadi.


Kokos moyi eng ko‘p ishlatiladigan moydir. Chunki uning ta’mi yoqimli va foydali jihatlari ko‘p. Kokos moyi laurin kislotasiga boy. Bu kislota bakteriyalarni o‘ldiradi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik izlanishlar ko‘rsatadiki, har kunlik moylar bilan tishlarni chayish antibakterial va gingivitlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi.


Streptokokk shtamlari gingivit va sariq qoplama hosil qiluvchi oddiy bakteriyalardir. Kunjut moyining so‘lak tarkibidagi streptokokklarni yo‘qotishi isbotlangan. Buning uchun og‘izni 1 haftada 1 marta chayqash yetarli.


Afsuski moy bilan tishlarni chayqash ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Shunday bo‘lsa ham bu usul kam xatarli va arzigulik hisoblanadi. Ko‘pchilik insonlar moy bilan tishlarni regulyar chayqash tishlarining oqarishiga sabab bo‘lganligini tasdiqlaydi.


Muolaja uchun 1 choyqoshiq kokos moyini og‘zingizga soling va tishlaringiz bo‘ylab chayqang. Kokos moyi qattiq bo‘lganligi sababli xona haroratida erishini kutishingiz kifoya. Muolajani 15-20 daqiqa davom ettirish kerak. Ahamiyatli jihati kokos moyini hojatxona unitaziga tuflash tavsiya etiladi, chunki u qayta qattiqlashib oqova quvurlarida tiqilishiga sabab bo‘ladi. Boshqa oqartirish usullaridan farqli ravishda o‘simlik moyidan foydalanish tish emalini yemirmaydi.


Ichimlik sodasi bilan tishlarni tozalash

Ichimlik sodasi tarkibida tishni oqartiruvchi moddalar bor va u ko‘pchilik tish pastalari tarkibida bo‘ladi. Bu moddalar yumshoq bo‘lib, qirish xususiyatiga ega, ammo u tishning tashqi qavatini qirmaydi. Qo‘shimcha sifatida ichimlik sodasi ishqoriy muhit hosil qiladi va bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi. Ichimlik sodasi tishlarni birdaniga oppoq va yaltiroq qilib qo‘ymaydi, ammo siz vaqtlar o‘tishi bilan uning foydasini sezib borasiz.


Ilmiy izlanishlar ichimlik sodasi tishlarni bevosita oqartishi isbotlamagan bo‘lsada, soda saqlovchi tish pastalar tishlarni oqartirishda yordam berganligini aytib o‘tishgan. Soda saqlovchi tish pastalari va saqlamaydigan tish pastalari solishtirib ko‘rilganda 1 turdagilarning effekti ko‘proq ekanligi o‘rganilgan. Chunki ichimlik sodasi tishlarning sariq qoplamalarini yemirish xususiyati bor.


Muolaja uchun 1 choy qoshiq sodani 2 choy qoshiq suvda eritib hosil bo‘lgan eritma bilan tishlarni tozalash kifoya. Hafta davomida 3-4 marta qo‘llash yetarli.


Vodorod peroksididan foydalanish (H2O2)

Vodorod peroksid (H2O2) tabiiy oqartiruvchi va antibakterial modda. Insonlar yillar davomida vodorod peroksididan yaralardagi infeksiyalarni o‘ldirish maqsadida foydalanib kelishmoqda. Ko‘pchilik oqartiruvchi moddalar o‘zida vodorod peroksidini katta konsentratsiyalarda saqlaydi. Afsuski, vodorod peroksid bilan og‘izni chayqash va yuvish tishlarni oqarishiga olib kelishi isbotlanmagan, lekin ko‘pchilik tish pastalari o‘zida vodorod peroksidini saqlashi aniqlangan.


Ichimlik sodasi va 1 % li vodorod peroksidini saqlagan tish pastasining samarali effekti o‘rganilgan. Ushbu tish pastasini qo‘llagan insonlarning 62 %i bir kunda 2 mahal tishlarini yuvib, 6 hafta ichida ularning oqarishiga erishgan. Biroq vodorod peroksidni qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar bor. O‘ta kuchli konsentratsiyali eritma yoki haddan ortiq ko‘p ishlatish milklarning qo‘zg‘alishiga va tishlarning sezuvchan bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin(!).


Tish yuvishdan oldin vodorod peroksid bilan og‘izni chayqash kerak. Faqat siz 1,5 % li yoki 3 % li eritmadan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling, shunda nojo‘ya ta’sirlardan saqlanasiz. Dorixonalarda 3 % li eritma olib uni suv bilan aralashtirib, 1,5 % li eritma hosil qilish tavsiya etiladi.


Yana bir usul ichimlik sodasi va vodorod peroksidining aralashmasi. 2 choy qoshiq vodorod peroksid (1,5 % li) va 1 choy qoshiq soda aralashmasi bilan tishlarni ehtiyotkorlik bilan tozalashingiz mumkin. Lekin bu aralashmadan ortiqcha foydalanish emal qavatni yemirishini hisobga olib hafta davomida 2-3 marta qo‘llash tavsiya etiladi.


Olma kislotasi (sirkasi) bilan tishlarni oqartirish

Olma sirkasi asrlar davomida tozalovchi va antibakterial modda sifatida foydalanib kelingan. Kislotalik xususiyati bilan bakteriyalarni o‘ldiradi va tishlarni oqartiradi. Ilmiy izlanishda sigirlar tishida olma kislotasi borligi, uning tishlarni oqartirishi va yumshatish xususiyati borligi isbotlangan. Olma kislotasining tishlarni yemirish xususiyati kuchli bo‘lganligi sababli har kuni ishlatish tavsiya etilmaydi. Faqatgina hafta davomida 1-2 marotaba suv bilan aralashtirib bir necha daqiqa tishlarni chayqash kifoya. Unutmang, har bir kislota bilan chayqaganingizdan keyin tishlarni oddiy suv bilan yuvib tashlash kerak.


Meva va sabzavotlardan foydalanish

Meva va sabzavotlarga boy oziqlanish tartibi inson organizmi va tishlari uchun ham juda foydalidir.


Mevalar tish yuvishning o‘rnini bosa olmasada, barra va qarsillab turganlari chaynalganda tishlarni tozalaydi. Ayniqsa, qulupnay va ananasning tishlarni oqartirishda o‘rni katta.


Qulupnay

Qulupnay va ichimlik soda aralashmasi bilan tishlarni tozalash ko‘pchilik mashhur insonlar foydalanadigan usuldir. Ushbu usulni qo‘llab-quvvatlovchilar qulupnay tarkibidagi olma kislotasi tish sarig‘ini yo‘qotadi, soda esa sariq qoplamani yemiradi, garchand, bu usul ilmiy jihatdan isbotlanmagan bo‘lsada.


Muolaja uchun bir qulupnayni ezish va unga 1 choy qoshiq ichimlik sodasi aralashtirish bilan tishlarni haftada 3-4 marta yuvish tavsiya etiladi.


Ananas

Ba’zilar ananasning tarkibida topilgan fermentlar tishning sariq qoplamasini yo‘qotishda foydali deb bilishadi. Ammo ananasning o‘zini iste’mol qilish tishlarni oqartirishda hech qanday foyda bermaydi.


Tishlar sarg‘ayishining oldini olish

Tishlar tabiiy oq bo‘ladi, siz ularni sarg‘ayishdan himoya qilishingiz mumkin.


Sarg‘aytiruvchi ovqatlar va ichimliklarni qisqartiring

Kofe, qizil vino, gazli ichimliklar tishda sariq qoplama hosil qiladi. Bu ulardan to‘liq voz kechish kerak degani emas, ularni iste’mol qilishni me’yorga keltirish kerak. Iloji bo‘lsa, ularni iste’mol qilayotganda tishlar bilan kontakda bo‘lmasligi uchun solomkalardan (trubkalar) foydalaning. Eng muhimi chekish tishlar rangining o‘zgarishiga eng katta omil ekanligini unutmaslik kerak.


Shakarli mahsulotlar iste’molini kamaytiring

Tishlarim oq bo‘lsin desangiz shakarli mahsulotlarni kamaytiring. Shakarli muhit streptokokklar o‘sishi uchun ozuqa, ular gingivit va yallig‘lanish chaqiradi. Shakarli mahsulotlar iste’mol qilgandan so‘ng tishlarni tozalash tavsiya qilinadi.


Kalsiy saqlovchi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling

Tishlar rangi sarg‘ayishiga kalsiy yetishmasligi ham sabab bo‘ladi. Bunda emal qavati yemirilib, dentin qavati (sariq rangli) ko‘rinib qoladi. Sut, pishloq, tvorog va brokkoli o‘zida kalsiyni ko‘p miqdorda saqlaydi. Ularni iste’mol qilish kifoya.


Tishlar sarg‘ayishi yosh o‘tgan sari ko‘payib boradi, chunki ularni sariq qoplam qoplab oladi. Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish, tishlari regulyar ravishda 1 kunda 2 mahal tozalab turish, ular orasidagi ovqat qoldiqlaridan xalos bo‘lish va 1 yilda 1 marotaba tish shifokori ko‘rigida bo‘lish tishlarning har tomonlama sog‘lom bo‘lishining omillaridandir. .


Isbotlamagan boshqa usullar

Quyida isbotlanmagan ammo samarali usullar haqida gapiramiz:


Faol ko‘mir (aktiv ko‘mir) kukun holatiga keltirib tishlarni yuvish har xil toksinlardan xalos etadi.
Mevalar qobig‘i olma po‘stlog‘I, limon yoki banan po‘sti bilan tishlarni tozalash ham tishlarni oqartiradi.

Bular ilmiy jihatdan o‘rganilmagan bo‘lganligi sababli ularning nojo‘ya ta’siri bor yoki yo‘qligi aniq emas. Berilgan tabiiy usullardan tashqari tish shifokorining preparatlar bilan tishlarni oqartirishi va yaltiroq holatga keltirishini ham unutmang. Agar mavzuga oid savollaringiz yoki fikrlaringiz bo‘lsa, maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring.