Moy bilan bosh terisini massaj qiling
Buning uchun tabiiy moylarni ishlating. Moy yordamida bosh terisini massaj qilish terining salomatligini yaxshilaydi va soch o’sishini rag’batlantiradi. Bosh terisi massaji paytida kokos yoki zaytun moyi, jojoba va argan moyidan foydalanishingiz mumkin. Shunga qaramay, iliq soch massaji soch o’sishi tezligini oshirishini isbotlovchi ilmiy dalillar yo’q.
Moyni plita ustida yoki mikroto’lqinli pechda qizdirib oling. Moyni ishlatishdan oldin uning juda issiq emasligiga ishonch hosil qiling. Moy bosh terisi harorati uchun qulay bo’lishi kerak, u soch va bosh terisini shikastlamasligi kerak.
Barmoqlaringiz bilan bosh terisini iliq moyni ishlatgan holda aylana harakatlar bilan yumshoq massaj qiling.
Keyin moyni sochlarga surting va 30 daqiqaga qoldiring. Shundan keyin sochingizni shampun bilan yuving. Agar kerak bo’lsa, buni bir necha marta takrorlashingiz mumkin.
Soch uchun niqoblar qiling
Haftada bir yoki ikki marta soch follikulalarini rag’batlantirish va soch o’sishini tezlashtirish uchun soch niqobi qo’llang. Siz o’zingiz tabiiy moylardan niqob tayyorlashingiz mumkin yoki do’konda tayyorlarini xarid qilishingiz mumkin.
1 chashka kokos moyini 1 osh qoshiq bodom moyi, makadamiya va jojoba moyi bilan aralashtiring. Niqobni nam sochlarga qo’llang va o’n daqiqaga qoldiring. Keyin shampun yordamida sochlaringizni odatdagidek yuving.
Kanakunjut moyidan foydalaning
Kanakunjut moyi teri va sochni parvarish qilish uchun foydali xususiyatlari bilan mashhur. Kanakunjut moyi asosidagi niqoblar sochlarni sog’lom holga keltiradi va ularning o’sishini tezlashtiradi.
Kanakunjut moyi yordamida bosh terisini massaj qiling. Sochlar moyni yaxshilab shimishi kerak. Soch va bosh terisiga moy qo’llangandan so’ng, sochlarni yig’ib, polietilen bilan o’rab qo’ying (masalan dush uchun maxsus bosh kiyim).
Sochlaringizdagi yog’ni bir kechaga qoldiring. Ertasi kuni ertalab, sochlaringizni shampun bilan odatdagidek yuving. Bundan tashqari yostiqni rasvo qilmaslik uchun yostiqqa sochiq qo’yishingiz mumkin.
Sochni chayish uchun olma sirkasidan foydalaning
Olma sirkasi — sochlarni turli soch vositalari, yog’ va kirdan tozalash uchun juda samarali vositadir. Siz shampunning alternativ vositasi sifatida olma sirkasini qo’llashingiz mumkin. Bundan tashqari, sochlaringizni shampun bilan bilan yuvganingizdan keyin olma sirkasi bilan chayishingiz mumkin.
Ikki stakan suvga ikki osh qoshiq sirka qo’shish kerak. Hosil bo’lgan aralashma bilan sochlarni chaying. Sirka hidini his qilsangiz ham, vaqt o’tishi bilan u g’oyib bo’ladi.
Sochlarni to’g’ri parvarish qilish
Sochlarni me’yorda yuving
Sochingizni shampun bilan haftasiga ikki yoki uch marta yuving, bundan ko’p emas. Buning natijasida bosh terisining tabiiy yog’lari me’yorda bo’ladi va soch ildizlarini oziqlantirib turadi, sochlarni yetarlicha namlantiradi, ularni tiklashga yordam beradi.
Agar bosh terisi juda yog’li ekanligi yoki yoqimsiz qichishganini sezsangiz, sochini tez-tez yuvishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun shampunni avval bosh terisiga qo’llang, barmoqlaringiz bilan massaj qiling. Shundan so`ng soch tolasiga qo’llang. Endi shampunni chayib tashlashingiz mumkin.
Shampun bilan birga ho’l sochlarga qo’llaniladigan konditsionerlardan ham foydalaning. Soch uchun konditsioner sochlaringiz uchun juda zarur bo’lgan lipidlar va oqsillarning ajoyib manbaidir. Konditsionerni ishlatishingiz tufayli sochingiz sog’lom va go’zal bo’ladi.
Sochni sovuqroq suv bilan chayib tashlang
Dush qabul qilganingizdan so’ng, soch kutikulalarini yopish uchun sochlarini sovuq suv bilan chayib tashlang, bu bilan siz shunigdek sochlarga qo’shimcha jilov va kuch bag’ishlaysiz.
Sochingizni shampun bilan yuvishda juda issiq suv ishlatmang. Issiq suv sochlarga zarar etkazishi mumkin, suning uchun suv biroz iliq bo’lishi kerak.
Nam sochlarni sochiq bilan o’ramang
Ehtimol, dushdan chiqayotib sochlaringizni sochiq bilan o’rashga odat qilgan bo’lgandirsiz, lekin bu ularning holatiga yaxshi ta’sir qilmaydi, ular sinuvchan bo’lib qoladi. Nam sochlar juda nozik bo’ladi. Sochni dushdan keyin o’rash o’rniga, ularni faqat quruq salfetka bilan biroz suvsizlantiring.
Agar siz baribir sochlarni sochiq bilan o’rashni istasangiz, nozik va yumshoq sochiqdan foydalaning. Bunday sochiqlar nozik materialdan tayyorlanganligi tufayli sochlaringiz sindirmaydi.
Uxlashdan oldin sochlaringizni tarang
Biroq, me’yorni saqlang. Tez-tez tarash sochlarning to’kilishiga olib kelishi mumkin. Bunday holda uzun va jilvakor sochlarni o’stirish juda qiyin bo’ladi. Yotishdan oldin tabiiy tishli taroqlardan foydalaning. Bu esa yog’larni sochlarning butun yuzasiga tekis tarqatishiga yordam beradi, shunda ular qurib qolmaydi.
Sochni bosh terisidan tarashni boshlang va har bir tolasini tarang. Buni kuniga bir marta yotishdan oldin qiling. Ushbu buolaja qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa sizning sochingiz uchun juda muhimdir. Garchi bu hali tasdiqlanmagan bo’lsa-da, aslida, sochlarning muntazam tarash ularning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, shuningdek, sochlarning sog’lig’ini yaxshilaydi.
Sochlarga shakl berish uchun issiqdan foydalanmang
Issiq bilan shakl berish asboblari, masalan, fen, soch dazmoli, bigudi sochlarga katta zarar yetkazadi va ularning o’sishini sekinlashtiradi. Soch o’stirish istagi bo’lsa, iloji boricha ushbu vositalardan foydalanishni cheklang. Agar siz bunday qila olmasangiz, ulardan faqat oxirgi chora sifatida foydalaning. Sochingiz sog’lom bo’lishini istasangiz, tabiiylik uchun harakat qiling.
Issiqlik bilan shakl beruvchi asboblardan foydalansangiz, ularni past harorat rejimida ishlating. Bundan tashqari sochga zarar yetkazmaslik uchun himoya geli yoki kremdan foydalanishingiz mumkin.
Sochlarni muntazam ravishda kesib turing
Bu mantiqsiz tuyulishi mumkin bo’lsa-da, muntazam soch kesish ularning tez o’sishiga yordam beradi. Shunday qilib, sochingiz sog’lom va go’zal bo’lishini istasangiz, muntazam ravishda sartaroshga tashrif buyuring. Agar siz sochlarni muntazam ravishda kesib tursangiz, sochlarning «gullashini» oldini olgan ham bo’lasiz. Sochning gullashi sochlarning juda mo’rt bo’lib qolishiga olib keladi va ular qisqarib qoladi.
Har 10-12 haftada bir marta sochlaringizni kesib turing. 3 mm kessangiz yetadi. Buning natijasida siz sochni gullashini oldini olasiz. Sochingizni sog’lom saqlash uchun sartaroshga tashriflarni to’g’ri rejalashtiring.
Ovqat ratsioni va odatlarni o’zgartirish
Vitaminlar va minerallarga e’tibor qarating
Oziq-ovqat bilan yetarli vitaminlar qabul qilmasangiz, soch o’sishi uchun vitamin komplekslarini tanlang. Multivitamin tanlayotganda «Sochlar uchun» belgisiga e’tibor bering. Bu shuni ko’rsatadiki, vitaminlar sochni mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sochni mustahkamlash uchun asosiy vitaminlar C va B vitaminlari hisoblanadi. Bu qo’shimchalar soch o’sishini tezlashtiradi va ularni sog’lom va go’zal qiladi.
Har qanday qo’shimchalar olishdan oldin siz uchun to’g’ri miqdorni tanlaydigan shifokor bilan maslahatlashing. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda qabul qilayotgan dorilar haqida shifokorga xabar bering. Shifokor siz qabul qilayotgan dori-darmonlar bilan o’zaro ta’sir ko’rsatadigan vitamin kompleksini buyuradi.
Ovqat ratsioniga ko’proq oqsillar qo’shing
Yetarlicha oqsillarni qabul qilish soch o’sishini rag’batlantiradi va soch o’stirish uchun buni inobatga olish kerak. Bundan tashqari, soch to’kilishi muammosiga duch kelgan bo’lsangiz, oqsilli ovqatlar iste’mol qilish juda foydali bo’ladi. Sizning parhezingiz muvozanatli bo’lishiga e’tibor bering. O’z ratsioningizga go’sht, baliq, dukkaklilar, yong’oqlar va donli mahsulotlarni kiriting. Agar siz vegetarian bo’lsangiz, ko’proq soya, loviya, yong’oq va donlilar iste’mol qiling.
To’g’ri oqsil manbalarini tanlang. Ushbu oziq-ovqatlarni iste’mol qilish boshqa sog’liq muammolariga olib kelishi mumkinligi sababli yog’li qayta ishlangan go’sht yoki sut mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlang. Sizning ratsioningizda sog’lom uglevodlar, kletchatkalar va boshqa foydali moddalar, masalan, mevalar, sabzavotlar va donlilar yetarli miqdorda ekaniga e’tibor bering.
Inversiya usuli yordamida soch o’stirsh uchun harakat qiling
Ushbu usulda siz boshingizni yurak balandligidan pastroq tushirishingiz kerak, shu bilan bosh terisi yaxshi qon oqimi bilan ta’minlanadi. Ushbu harakat bilan siz soch o’sishni rag’batlantirasiz. Ushbu usulni qo’llagan ba’zi odamlar, sochlarning bir haftada 0,5 sm dan 1 smgacha o’sganligini aytishadi, afsuski, inversiya usuli yordamida soch o’sitirish mumkinligini tasdiqlaydigan yoki tasdiqlamaydigan ilmiy dalillar yo’q, lekin siz o’zingizni sinab ko’rishingiz va natijani baholashingiz mumkin.
Bosh terisi uchun qon oqimini oshirish maqsadida boshingizni pastga tushirishdan oldin uni kokos moyi bilan massaj qiling. Natijalarni solishtirish uchun sochingiz uzunligini hafta boshida va oxirida o’lchab, taqqoslashiningiz mumkin.
Shunday yotingki, bo’yningiz yotoq chekkasida, boshingiz esa pastga tushirilgan bo’lsin. Bu holatda kuniga 4-5 daqiqa turing. Bundan tashqari, yoga holatidan foydalanishingiz mumkin. Yodda tuting, boshingiz yurak balandligidan past bo’lishi kerak, faqat shunda bosh terisiga qon oqimi kuchayadi.
Ushbu holatdan asta-sekin ko’tariling. Aks holda bosh aylanishi mumkin. Haftaning oxirida soch uzunligini o’lchab ko’rsangiz yaxshi natijaga erishganingizni sezasiz. Sochingiz uzunroq bo’lgan bo’ladi.