Bu xastalik asosan ayollar va bolalarda uchraydi. Bu kasallikka chalinganlarni davolashni suyuqlik is’temolidan boshlagan ma’qul. Bemor tuzalgunicha qaynatilgan turshak suvini choy o‘rnida muntazam ichib turishi zarur. Keyin na’matak va do‘lana qaynatmasi ham yaxshi shifo bo‘ladi.

Shuningdek, kun oralatib quyidagi shifbobaxsh qaynatmani ichib turish tavsiya etiladi: 200 gr. turshakka teng miqdorda qizil lavlagini sabziday to‘g‘rab, unga ta’bga qarab. shakar qo‘shasiz va uch litr suvda u to ikki litr qolgunicha qaynatasiz. Qaynatmani o‘sha kunning o‘zida ichish maqsadga muvofiq.
