Qazg’oqqa qarshi vositalar

Qazg’oq — muammo. Ammo hal qilinmaydigan muammo emas. Ushbu maqolada qaz’goq paydo bo’lishi sabablari va ularga qarshi uyda sharoitida tayyorlanadigan eng samarali bo’lgan 10 xil retsept bilan tanishing.

Qazg’oq butun dunyoda odamlar eng ko’p duch keladigan kosmetik muammolardan biridir. Soch qazg’oqlanishi alohida kasallik emas. Aksincha, organizmdagi ayrim buzilishlar oqibati. Agar buzilishlar tuzatilsa, muammo o’z-o’zidan yo’qoladi.





Qazg’oq paydo bo’lishi sabablari

Sochlarni bo’yash

Qazg’qon sochlarni bo’yagandan 3-4 kun o’tib paydo bo’la boshlashi mumkin. Qoida tariqasida, unga terining qichishi va qizarishi hamrohlik qiladi. Odatda bunday holat 2 haftagacha davom etadi va o’z-o’zidan bartaraf bo’ladi. Ammo, doimiy ravishda sochlarni bo’yashga murojaat qilinadigan bo’lsa, oxir-oqibat barchasi allergiya va surunkali yallig’lanish bilan tugashi mumkin. Bo’yoq tanlashda uning sifatiga va qarshi ko’rsatmalariga e’tibor berish kerak.


Noto’g’ri shampundan foydalanish


Odatda shampun soch turiga mos kelmasa, qichish va qipiqlanish darhol o’zini namoyon etadi. Bu holda shampunning tarkibida sulfat va parabenlar bo’lmagan turiga afzallik berish kerak.

Oshqozon-ichak trakti bilan muammolar

Agar bunday muammolar hattoki vaqti-vaqti bilan bezovta qiladigan bo’lsa ham, sog’lom teri haqida orzu qilmasa ham bo’ladi. Gastroenterologga murojaat qilib, muammolar aniqlansa, ularni davolash kerak.


Zararli uglevodalar


Tortlar, shokolad, konfeta, pirojnoe kabi shirinliklarni iste’mol qilish va sochning yog’ligi oshishi fonida qazg’oq hosil bo’lishi o’rtasidagi bog’liqlik allaqachon isbotlangan. Barchasi yengil uglevodlar yog’ ishlab chiqaruvchi bezlarning faoliyatini rag’batlantirishi bilan tushuntiriladi. Bu holda qazg’oqdan qutulish uchun «yengil» uglevodlar tanovul qilishni cheklash maqsadga muvofiq bo’ladi.


Qazg’oqqa qarshi 10 eng samarali vosita


Quyida muammoga qarshi uyda tayyorlash oson bo’lgan 10 xil vosita retsepti keltiriladi. Barcha maslahatlar faqat ma’lumot berish maqsadida taqdim etiladi.


1. Yogurt va qalampir


Qazg’oq paydo bo’lishining eng keng tarqalgan sabablaridan biri har bir inson tanasida yashovchi zamburug’lar, achitqilar va bakteriyalardir. Oddiy holatda ular bizni bezovta qilmaydi va muammo yaratmaydi.

Ammo ba’zi bir nosozlik paydo bo’lganda (ovqatlanishning buzilishi, vitaminlar yetishmasligi va hokazo), bu mikroorganizmlarning faollashishiga olib keladi. Infektsiya rivojlanadi va natijada sochlarda qazg’oq hosil bo’ladi.

Bu holatni oddiy yogurt yordamida oldini olish mumkin. Yogurt tanamiz uchun «do’stona» bakteriyalarning eng yaxshi manbalaridan biridir.

Tanadagi foydali bakteriyalar sonining ko’payishi infektsiyani bartaraf etishga yordam beradi va hazm qilish jarayonlarini normallashishiga hissa qo’shadi, oqibatda esa qazg’oq bartaraf bo’ladi.

Har kuni tabiiy yogurtni iste’mol qilish qazg’oqni butunlay yo’q qilishga yordam beradi (hech bo’lmaganda, zamburug’ infektsiyasi tufayli paydo bo’lganlarini).

Bundan tashqari, yogurt yordamida boshning yuqori qismidagi terisini namlantirish mumkin, bu uning qipiqlanishini oldini oladi. Agar unga biroz qalampir qo’shsangiz, qazg’oqqa qarshi kurashish uchun namlantiruvchiantifungalvosita olasiz.


Retsept:

Ikki osh qoshiq murch va 150 gramm yogurt aralashtiriladi;

Bu aralashma bosh terisiga ishqalab surtiladi (sochga emas, aynan bosh terisiga);

Niqob 50-60 daqiqa davomida qoldiriladi, so’ng iliq suv bilan chayib tashlanadi. Ketidan shampun bilan yuviladi.

Yogurt va qalampir kombinatsiyasi uy sharoitida tayyorlanishi mumkin bo’lgan eng samarali va arzon vositalaridan biridir. Faqat foydalanadigan masalliqlar yangi ekanligiga ishonch hosil qiling.


2. Zaytun moyi


Zaytun moyining asosiy foydasi — terining quruq joylarini namlashi va shu tariqa qipiqlanishni oldini olishida. Bunga qo’shimcha ravishda, moy qazg’oqlarni bir-biriga yopishtirib qo’yadi, bu esa ularning to’kilishini qiyinlashtiradi.


Retsept:

Har kuni yotishdan oldin bosh terisiga iliq zaytun moyi surtiladi;

Bosh biron bir turdagi paket bilan o’raladi, bu choyshablarni iflos qilmaslik uchun kerak.

Ertasi kuni ertalab bosh yumshoq shampun bilan yuviladi.


3. Olma sirkasi

Sirka deyarli har bir odamning terisida mavjud bo’lgan zamburug’ va zararli bakteriyalarni nobud qiladi. Biroq, bu sirkaning yagona xossasi emas. Uning kislotali komponenti terining qichishini kamaytiradi va shu bilan qipiqlanish jarayonini susaytiradi.

Muolaja uchun aynan olma sirkasi kerak, oddiy sirka kislotasi yaxshi yordam bermasligi mumkin.


Retsept:

Massaj harakatlari bilan bosh terisiga 1:1 nisbatda suyultirigan olma sirkasi surtiladi;

Bosh sochiq bilan o’raladi va 30-40 daqiqaga qoldiriladi, keyin suv bilan chayiladi;

Sochlar odatiy ravishda shampun bilan yuvib tashlanadi.


*Qazg’oqni ketkazish vositasi sifatida sirka kam xarajatligi tufayli jozibador hisoblanadi. Har kim uni sotib olish imkoniyatiga ega.


4. Iste’mol sodasi

Qazg’oq bilan kurashishning yana bir arzon usuli. Soda zamburug’ga qarshi vositadir, uning kichik tuzilmasi sochlarda o’rnashib qolgan teri tangachalarini ham tozalash imkonini beradi.


Qo’llash usuli:

Odatiy shampunning bir martalik miqdoriga bir choy qoshiq iste’mol sodasi qo’shib, odatdagidek sochlar yuviladi.

Soda, shuningdek, o’lik teri hujayralarini yo’qotishga yordam beradi, bu yog’ muvozanatini tiklashga olib keladi.


5. Limon sharbati

Qazg’oq paydo bo’lishining yana bir sababi — boshning sochli qismi terisida kislota muvozanatining buzilishi. Limon sharbati terining normal kislotaligini tiklaydi, bu esa muammolarning yo’qolishiga olib keladi.

Limon sharbati bilan birgalikda ko’pincha o’rta zanjirli triglitseridlarni o’z ichiga olganligi sababli antibakterial xususiyatlariga ega bo’lgan kokos moyidan ham foydalaniladi.


Retsept:

Bir qism limon sharbati va besh qismdan kokos moyi aralashtiriladi;

Aralashma bosh terisiga surtiladi va 30 daqiqaga qoldiriladi;

So’ng suv bilan chayiladi va sochlar shampun bilan yuviladi.


6.Nim barglari

Nim (azadiraxta( — ko’pgina dorivor xususiyatlarga ega bo’lgan hind o’simligidir. Hindistonda bu o’simlik barcha kasalliklarga chora deb hisoblanadi.

Agar joriy holat haqida gapiriladigan bo’lsa, qazg’oqqa qarshi kurashsa unda bir vaqtning o’zida uchta foydali xususiyat mavjud: antibakterial, zamburug’ va yallig’lanishga qarshi.


Retsept:

Nim barglari issiq suvga solinadi va 30-35 daqiqa davomida qaynatiladi;

Undan pasta tayyorlanadi va bosh terisiga qo’llaniladi;

30-60 daqiqaga qoldiriladi, keyin suv bilan yuvib tashlanadi.

Nim ajoyib tarzda terini qichishishdan xalos qiladi va qazg’oqqa olib keladigan patogen bakteriyalarning ko’payishiga to’sqinlik qiladi.


7. Zanjabil

Zanjabil nafaqat yallig’lanishga qarshi xususiyatlari, balki soch o’sishini faollashtirishibilan ham foydali. Chunki bu o’simlikning ildizlarida qon aylanishini rag’batlantiradigan efir moylari mavjud. Bosh terisi bilan aloqa qilganda zanjabil teri osti qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa soch follikulalari oziqlanishining yaxshilanishiga olib keladi.


Retsept:

Zanjabil ildizi archiladi va qirg’ichning mayda tishidan chiqariladi;

Olingan massa dokaga solib, sharbati siqib olinadi;

Taxminan 100 ml kunjut yog’i qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi;

Olingan mahsulot bosh terisiga qo’llaniladi va 30 daqiqaga qoldiriladi;

Sochlar shampun bilan yuvib tashlanadi.

Ushbu retseptda kunjut yog’i terini va sochni namlantirish uchun kerak.


8. Choy daraxti yog’i

Bir tadqiqotda, bir guruh ishtirokchilarga to’rt hafta davomida shampunni choy daraxti yog’i bilan, ikkinchi guruhga esa shunchaki shampunning o’zini ishlatish taklif qilindi. Natijada tadqiqot yakunida birinchi guruhda qazg’oq miqdori 41 foizga, ikkinchi guruhda esa — 11 foizga kamaygani qayd qilindi.


Retsept:

Bir martalik shampun miqdoriga bir necha tomchi moy qo’shiladi va sochlarga surtib, 10-15 daqiqa davomida qoldiriladi;

So’ng toza suv bilan yuvib tashlanadi.

Choy daraxti moyi zamburug’larga qarshi ta’siri bilan mashhur hamda ajoyib antiseptik hisoblanadi. Ammo eng muhimi, oldindan tayyorlanishga hojat bo’lmagan qazg’oqqa qarshi tabiiy vositadir.


9. Xina

Xina ko’plab kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi, sochlarning qazg’oqlanishi bundan istisno emas. Darhaqiqat, bu usul muammo kuzatilishining dastlabki bosqichlarida, zamburug’larga minimal ta’sir ko’rsatish yetarli bo’lganda samarali bo’ladi. Xina konditsioner sifatida ta’sir ko’rsatadi va sochlarning yog’ligini kamaytiradi.


Retsept:

Kichikroq idishga bir choy qoshiq xina solinadi;

Shuncha miqdorda quruq choy, limon sharbati va soch uchun yog’ qo’shiladi;

Aralashma bosh terisiga qo’llanadi, so’ng yumshoq shampun bilan yuvib tashlanadi.

Shuni yodda tutingki, xina quritilgan barglardan tashkil topgan bo’yoqdir. Soch rangini o’zgartirmaslik uchun rangsiz xinadan foydalanish kerak.


10. Rayhon barglari

Rayhondan qadim zamonlardan buyon dunyoda dorivor o’simlik sifatida foydalanib kelinmoqda. Undan sochlarning salomatligi uchun foydalansa ham bo’ladi.


Retsept:

Rayhon barglari va amalaki (emblika) kukuni aralashtiriladi;

Bu masalliqlar pasta konsistensiyasiga kelguncha ezib aralashtiriladi;

Mahsulot bosh terisiga surtiladi va yarim soatga qoldiriladi;

Oqar suvda yuvib tashlanadi.


Shu bilan birga, muammo qaytalanmasligi uchun uning asl ildizini aniqlash kerak. Ovqatlanishni me’yorga keltirish, gigiena qoidalariga rioya qilish, ichki kasalliklarni davolash ustun vazifa bo’lmog’i lozim. Birlamchi sababni aniqlash uchun esa albatta shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo’ladi