Zamonaviy ofisda ishlash qanchalik yaxshi. Keng va yorug’ xonalar, zamonaviy kompyuterler, ishingizni yengillashtiruvchi turli ofis qurilmalari. Lekin uning ham bazi o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Qulayliklar haqida boshqa safar gap yuritamiz, hozir esa kamchiliklar haqida. Monitor, suniy yorug’lik va shu kabilar bugungi nishonimiz.
Kofe
Ophthalmology ilmiy nashri ta’kidlashicha kofe tarkibidagi kofein moddasi ko’z yoshi ajralishini tezlashtiradi va bu xoldan toygan ko’zlar uchun juda foydali. Tokio universiteti tajribalarida qatnashgan 78 ishtirokchi birinchi stakan kofedan keyinoq ko’z namligi sezilarli darajada oshganini takidlashdi. Aynan shu fakt ko’z namligi yetishmasligi sindromidan aziyat chekuvchi ofis xodimlari uchun qiziqarli deb o’ylaymiz.
Sariq yorug’lik
Lyuminestsentniy lampalar (ha o’sha, tepangizda osilib turgan uzunchoq yoritgich) taratayotgan shu’la ko’zlar uchun juda ham mos emas ekan. O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, qisqa to’lqinli, oq nurli yoritgichlar vaqt o’tishi bilan ko’z pardasi o’z xossalarini yo’qotishiga, bu esa ko’rish qobilyati pasayishiga olib kelishi mumkin ekan. Hatto ko’rish qobilyatining butunlay yo’qolishi bilan tugallangan tajribalar ham mavjud. Bechora tajriba quyonchalari…
Ish stoli uchun mo’ljallangan oddiy sariq nurli yoritgichlar xizmatidan foydalanish ofis uchun ko’proq mos keladi. Lekin 60 vattli va undan yuqori bo’lgan yoritgich bu borada sizga yordam bera olmaydi.
Dengiz maxsulotlari
Baliq tarkibidagi omega-3 kislotasi organizmda yillar davomida yig’ilib yosh o’tgan sari ko’rish qobilyati pasayishiga olib keluvchi toksinlar miqdorini kamaytiradi. Haftada kamida ikki marotaba ovqatlanish menyuyingizga “тунец” yoki “лосось” so’zlarining uchrab turishi ko’z salomatligi uchun juda foydali.
Tanaffus
Zamonaviy monitorlar 15 yil oldingi monitorlar singari ko’z uchun unchalik ham havfli emas. Biroq monitor qarshisida uzoq vaqt tikilib ishlash ko’z pirpirashiga olib kelishi mumkin. Shuningdek hujjatlarni yaqin masofada o’qish uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik havfini oshiradi. Bunday havflarni kamaytirish uchun esa sizdan ko’p narsa talab qilinmaydi. Har 10 daqiqada ko’zingizni kompyuter ekranidan uzing va sizdan uzoqroqdagi narsalarga 5 soniya qarab oling (devordagi rasmlarda ajoyib tarovat borligini o’zingiz uchun yana bir bor kashf qiling). Shu yo’l bilan ko’z muskullariga xuddi uxlagandagidek dam berish mumkin. Bahonada ofisdagi hamtovog’ingiz bilan ko’z urushtirib olishga ham ulgurasiz.
P.S. KATTA YOSHDAGI INSONNING KO’ZI 7-8 GRAMM, VA BU TANANING BOR YO’G’I 10 000 DAN 1 QISMINI TASHKIL ETADI. KO’ZINGIZNI ASRANG!