Simobli termometr singanda nima qilish kerak?
Shunday bo’lsada haligacha simobli termometrlar aholi orasida keng qollaniladi. Shu boisdan havfsizlik choralarini bilib qo’yish joiz. Avvalam bor simobli termometrlarni maxsus qadoqlarda va bolalar qo’li yetmaydigan joylarda saqlang.Shunga qaramay simobli termometringiz sinib qoldi, ho’sh,qanday yo’l tutishni bilasizmi? Quyida rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidalarni keltirib o’tamiz:
1. Aynan bizga havf tug’diradigan holat bu simobni bug’lanishidir. Bunday bug’dan nafas olganda organizmning zaharlanishi yuzaga keladi. Simob havo harorati +18 dan yuqori darajada bug’lanadi. Demak birinchi navbatda xona derazalarini ochib shamollatishga kirishing.
2. Aslo to’kilgan simobni changyutgich yordamida tozalashga urunmang. Buning uchun skotch lentasidan foydalaning. Agar simob biror bir teshik yoki chuqurchaga to’kilgan bo’lsa, burun tozalash uchun qo’llaniladigan aspirator yordamida tozalab olishingiz mumkin. Biroq simob yig’ilgan buyumni tashlab yuborishni unutmang.
3. Agar simob sizni qo’lingiz yetmaydigan joyga to’kilgan bo’lsa uni maxsus uy sharoitida tayyorlangan aralashma yordamida zararsizlantirish mumkin.Aralashmani tayyorlash uchun 1litr suvga 40 gr qirg’ishdan chiqarilgan xo’jalik sovuni va 50 gr soda soling va ushbu aralashmani simob to’kilgan joyga quying.
Havfsizlik qoidalariga rioya qilishni unutmang va Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti tavsiya qilganidek elektron termometrlardan foydalaning.