Uyqusizlikni qanday qilib yengish mumkin?

Uyqusizlik dardiga giriftor bo‘lgan insonlarning ruhiy va jismoniy salomatligida salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bu esa kutilmagan oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Quyidagi tavsiyalar imkon qadar tezroq va tinch uxlashingiz uchun ko‘mak beradi degan umiddamiz.



1. To‘liq tinchlanib olish va tezroq uxlash uchun kechki taom paytida qovurilgan va yuqori kaloriyali yeguliklar iste’mol qilmang. 
Uyqusizlikni qanday qilib yengish mumkin?
Uyqusizlikni qanday qilib yengish mumkin?

2. Lavanda iforining uyqu chaqirish imkoniyati haqida hech eshitganmisiz? Karavotingizga yaqin bo‘lgan biror joyga lavandaning efir moyidan ikki tomchi tomizib qo‘ying.

3. Iliq sut tarkibidagi aminokislotalar va kaltsiy tezroq uxlash uchun yordam beradi, shuning uchun ham uni uxlashdan bir necha soat avval ichib olish tavsiya qilinadi.

4. Kechki tanovul paytida go‘shtli mahsulotlar yemagan ma’qul, ammo parhezbop parranda go‘shti bundan mustasnodir.

5. Suli yormasi tarkibida kletchatka bilan bir qatorda uyqu gormonlari ham bor, shu sababli uni sut va asal bilan qorishtirgan holatda iste’mol qilish juda foydalidir.

6. Uyqu oldidan iste’mol qilingan yarimta banan yoki kivi ham tezroq uyquga ketish uchun yordam beradi.

7. Agar uyqusizlik sababi notinch hayollar va xavotir hissi bo‘lsa, asal hamda moychechak damlamasi iste’mol qilish kerak.

8. Do‘lana tindirmasi tez uxlash uchun yordam beradigan vositalar sirasiga kiradi.

9. Yalpizli choy uyqu sifatini yaxshilab, tomirlarni kengaytiradi va tanadagi og‘riqlardan xalos etadi.

10. Har kun uyqu oldidan iliq haroratli va shifobaxsh giyohlar suvidan tayyorlangan vanna qabul qiling.