Har qanday zamonaviy kompyuter monitorida shu’laga qarshi qoplama o’rnatilgan bo’lib uni spirtli vositalar bilan tozalash yuzada kichik yoriqlar paydo bo’lishiga olib keladi. Eng ma’quli, buning uchun kompyuter do’konlarida sotiladigan mahsus vositadan foydalanish.
Kompyuter monitorini to’g’ri tozalash usullari
Agar mahsus tozalash vositalari sotib olish imkoningiz bo’lmasa, uy sharoitida tayyorlangan qo’lbola vositalar yordam berishi mumkin. Haddan ortiq kirlangan monitorni avvaligan sovunli suvga botirilgan, so’ng toza va quruq lattada arting. Buning uchun bolalar sovunidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Monitor yuzasida ketishi qiyin bo’lgan dog’lar hosil bo’lmasligi uchun unga barmoq bilan teginmang, shuningdek, yuzada yog’ qatlamlari hosil bo’lishining oldini oling.
Qog’oz salfetkani namlab ekranni artganingizdan so’ng (ekranni juda bosib artish shart emas), ustidan quruq salfetka bilan ham arting.
Monitor salqin, markaziy isitish tizimi va quyosh nurlari to’g’ri tushadigan joydan uzoqroqda joylashgani ma’qul. Haddan ortiq issiq harorat monitor va kompyuterning ichki qismlariga zarar yetkazishi mumkin.