Ozdiruvchi dorilarni zarari

Bu qiziq — ozdiruvchi dorilarni zarari

Eng havfli ozdiruvchi dorilar. Sekin asta o’ldiruvchi qotillarni nomlari

Ortiqcha vazn bilan kurash bu yaxshi. Bu mavzu asosan qizlarni qiziqtiradi. Bu erda esa tez xech qanday ovqatingizni o’zgartirmasdan, xech bir mashqsiz ozdiramiz degan reklamani ko’ramiz. Bu esa albatta erinchoqlar va o’zini ustida ishlamaydiganlar uchun juda yoqib tushadi.

Shuni unutmangki xech bir narsaga mehnatsiz, kuchli irodasiz erishib bo’lmaydi. Sizlar uchun reklamalarda ichginda va oz degan gap bu bo’lmagan va asorati yaxshi emas gapdir. Siz tayyormisiz sog’ tanangizni, chiroyli qomatga almashtirishga ichida sog’lig’ingizni yo’qotib?

ozdiruvchi dorilarni zarari
Bu qiziq uz

Siz bu maqtalgan sehirli dorilarni dorixolarda topmaysiz, balki sizga haqida ma’lumotlarni televizor orqali e’lon qilishadi. Biz siz uchun juda havfli va oqibati yaxshilikka olib kelmaydigan dorilarni sizga taqdim qilishga qaror qildik.

Tayskie dorilar (IBS, Mishki, LiDa) – Bu juda ham mashhur dorilardan biridir. Ularni aytishlaricha dorilar tabiiy xech qanday zararli tamonlari umuman yo’q. Biroq dorilar yordamida tabiiy dorilar yordamida oyiga 10-15kg ozish mumkinmi?

Ishlab chiqaruvchilar dorilar ichidagi asosiy qo’shiladigan vositasini yashirishadi. Bu dorilarni ichida narkotik bo’lgan fenfluramin bo’ladiku.  Fenfluramin – amfetaminni eslatadi. Bu dorilarni qabul qilib nafaqat ozasiz, balkim o’zingizga nevroz va depressiyani ortirib ham olishingiz aniq.

 Sibutramin

          Bu dorini qa’bul qilgan odamni oshqazoni to’q degan signalni oladi. Bu dorilarni shifakor bilan maslahatlashib, semirishni og’ir darajasida qo’llashga ruhsat beriladi. Boshqalar bu dorilarni qa’bul qilganlarida nafaqat vazn tashlaydilar, balkim yurak, ichaklar va buyraklarda muammolarni ortirib olishi ham mumkin.

Eng qiziq

 Dinitrofenol (2,4 – Dinitrophenol, DNP)

       Bu nomli doridan ehtiyot bo’lish kerak bo’ladi. Chunki bu dorini tarkibida haqiqiy zahar yotibdi.  Bu dorini tarkibini asosan begona ya’ni yovvoyi o’tlarni yo’q qilish uchun qo’llanilgan. Nima uchun ozish dorilarini ro’yhatida turishini, qachon qo’shilgani noma’lum.

Xozir bu dori butun dunyoda taqiqlangan dorilardan biri hisoblanadi. Taqiqlanganligini sabablarni yomon asoratlar qoldirganidir bularga: kal bo’lib qolish, oshqazon bilan muammolar, teri kasalliklari kelib chiqishidir. Shu bilan birga ko’p joylarda miqdorini oshirib istemol qilinganligi ham aniqlangan.

Brazilya dorilari (Emagrece Sim df Herbaslim)

         Zararli dorilar ichida ham bu dori bordir. Bu dori Brazilyani Badi deyiladi. bu dori antidepres va stimulyatorlarni birlashmasidir. Zararli tamonlari: kayfiyatni tez o’zgarishi, asabiylik va depressiya. Qabul qilganlarda katta o’zgarishlar kuzatilgan. Dorini  trakibini o’rganib chiqing istemol qilishdan oldin


Furosemid

        O’zini qomatini chiroyli saqlash uchun qizlar hamma narsaga tayyordilar. Oqibati esa ko’pchilikni qiziqtirmaydi. Furosemid kapsulasi qomatni bir hilda va ozigina ozishga yordam beradi.

Ammo natijasi yaxshi bo’lmasligi ham mumkin. Bu dorilarni insonda shishish kuzatilganda buyuriladi aslida. Bu dori organizmdan suvni tez chiqarib yuborish uchun qo’llaniladi. Sog’lom insonga bu dori zarar keltirishi mumkin.

 Fluoksetin

        Fluoksetin yoki flu bu dorilar tez ozmoqchi bo’lgan ko’proq iste’mol qilishadi. Lekin buni asorati asabiylikdir.  Qizlarni aytishlaricha bu dorilar ularni ishtahasini bo’g’adi va dietani qiynalmasdan tutishga yordam beradi. Biroq bu dorini yomon asorati ko’pdir. Asabiydi, jinsiy aloqani yaxshimasligi, teridagi o’zgarishlarga va bo’g’in va mushaklarda og’riqlarga olib keladi.

 Bomba 3

         Yana bir sharq dorisi – “Bomba 3” bu bir ikki deganingizda sizga chiroyli qomat sovg’a qilamiz!!! Bu safar sotuvchilar dorini faqatgina ortiqcha suyuqlikni ko’proq chiqarish evaziga vazn tashlashni va bu sog’liq uchun mutlaqo zarar emasligiga kafolat berishadi.

Huddi hammasi oddiyday ko’rinadi – dorini chayna zararsiz oz. Ammo bu dorini is’temol qilgandan so’ng organizmdan kaltsiy va magniy ham chiqib ketadi. Bu esa hazm qilish.