Kompyuterda o’tirganda ko’z nurini saqlab qolish uchun foydali maslahatlar

Kompyuterda o’tirganda qomatingizni tik tuting, oyoq va gavdangiz 90 gradus burchak ostida bo’lishi kerak;

Kompyuter ekrani va ko’zlaringiz orasi qo’l uzatsa yetadigan darajada bo’lishi kerak;


Kompyuterda o’tirganda ko’z nurini saqlab qolish uchun foydali maslahatlar
Ko’zlaringiz monitorga yuqoridan pastga qaragan holatda bo’lishi kerak. Bu bo’yningizga tushadigan zo’riqishni oldini oladi;

Kompyuterda uzoq vaqt o’tiradigan odamlar tez tez tanaffus qilishlari kerak. Kamida har soatda 10-15 daqiqa;

Chekish va spirtli ichimliklar istemol qiladiganlar uchun uzoq vaqt kompyuterda o’tirish yanada ko’proq zarar keltiradi, shu bois ichish va chekishni tashlashlari maqsadga muvofiq hisoblanadi;

Sport bilan shug’ullanish. Kam harakatlik yurak qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kompyuterda ko’p vaqt o’tkazadigan insonlarga sport bilan shug’ullanish ayniqsa foydali bo’ladi.