Noxush xidlarga qarshi tavsiyalar.
Ko’p holatlarda uy bekalarimizni oshxona va uy xonalaridagi noxush hidlar bezovta qilishi mumkin. Lekin ulardan tez va oson qutulishni yo’llari bor. Buning uchun bekalarimizga quyidagi usullardan foydalanishni maslahat beramiz:
Noxush xidlarga qarshi tavsiyalar.
Qo’ldagi noxush hidni (baliq, sarimsoqpiyoz va shu kabi xidlarni) ketkazish uchun qo’llarni avval tuz bilan ishqalab, so’ng sovun bilan yuvish kerak.
Og’izdan kelayotgan sarimsoqpiyoz hidini petrushka chaynab ketkazish mumkin.
Baliq hidi kelayotgan sirli idish yoki tovani qizdirilgan tuz bilan ishqalab, so’ng chayish kerak.
Аgar qoshiq va sanchqilardan baliq hidi kelsa, ularni sovunli sovuq suvda chayib, o’simlik yog’i surtiladi va yaxshilab yumshoq sochiqda artiladi.
Taxtakach va boshqa oshxona idishlaridan kelayotgan piyoz hidini quruq tuz bilan ishqalab ketkazish mumkin.
Oshxonadagi noxush hidni — ochiq idishda sirka qo’shilgan suv qaynatilgach, bir necha daqiqadan so’ng xona havosini yangilab, ketkazish mumkin.
Issiq komforkaga apelьsin yoki limon po’sti yoki issiq gaz pechiga ozgina tuz sepib, ushbu maqsadda qo’llash ham mumkin.
Toshib ketib, gaz plitasiga to’kilgan sut hidini yo’qotish uchun plita ustiga tuz sepiladi va nam qog’oz bilan yopiladi. Ushbu usul bilan noxush hid tarqalishini to’xtatish mumkin.
Xonadan bo’yoq hidini ketkazish uchun bir bosh sarimsoqpiyoz tozalanib, bir necha vaqtga xonada qoldiriladi.
Xonadan moybo’yoq hidini tezroq ketkazish uchun bir nechta joyga tuz solingan likopchalar qo’yiladi.
Sigaret tutuni xona havosi yangilanganda ham osonlikcha tozalanmaydi. Buning uchun derazalar ochilib, xonaning istalgan joylariga 2-3 dona namlangan sochiq qo’yiladi. Nam sochiq sigaret tutunini o’ziga tortadi.