Aliment to‘lovchi shaxs xorijga chiqishi uchun taqiq qo‘yilgan bo‘lsa, uni qanday bekor qilish mumkin?

Aliment to‘lovchi bo‘lgan fuqaro, chet elga chiqishi uchun quyidagi uchta holatlardan birini amalga oshirgan holda taqiqni bekor qilishlari mumkin:
  • O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga asosan  undiruvchining yaʼni sobiq turmush o‘rtog‘ini roziligi yaʼni ijroni to‘xtatish haqidagi arizasiga asosan;
  • Qonunning 421-moddasida voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BXM) ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
  • Qonunning 421-moddasiga asosan, Davlat ijrochisining O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish hamda prokuror tomonidan keltirilgan protest asosida taqiq olib tashlanishi mumkin.
manba: advice.uz