✅ voyaga etmagan umumiy bolalari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgan taqdirda;
✅ er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga etmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar, er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
✅ ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa (bunda ham er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga etmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar);
✅ sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa (bunda ham er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga etmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar).
manba: advice.uz