Savol:
Assalomu alaykum, taloq qanday berilishi haqida savolim bor. Taloq so‘zini ishlatmasdan, senga javob yoki javobingni berdim, deyilsa taloq tushadimi? Yoki, albatta taloq so‘zi ishlatilishi shartmi?
Javob:
Avvalo taloq so‘zini ishlatmaslikni maslahat beraman. Hozirgi paytda erkaklar bu so‘zni lug‘atlaridan o‘chirsalar, o‘zlari, oilalari va jamiyat uchun manfaatli bo‘lardi. Chunki dindan hech bilimi yo‘q g‘o‘r yigitlar ham, shariatdan faqat taloq qilsa xotinidan ajrashish mumkinligini bilib olishgan. Shu sabab xotinlariga "yigitlik" "so‘z"larini o‘tkaza olmasalar ham, ojizliklarini yopish maqsadida taloqdan foydalanishadi. Binobarin jamiyatda ajrashishlar ko‘payishida, tushunmasdan qilingan taloqlarning o‘rni katta.
Endi savolga kelsak, "taloqsan" va "taloq qildim" kabi lafzlarni ishlatganda hech qanday niyatsiz taloq tushadi. Ammo "javobingni berdim" kabi kinoya lafzlarini aytishning o‘zi bilan taloq tushmaydi. Taloq bo‘lishi uchun yo taloqni niyat qilgan bo‘lmog‘i yoki er-xotin o‘rtasida taloq masalasi ko‘tarilgan bo‘lmog‘i kerak.
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad
Похожее
- Insholar to’plami Darsliklar
- 100 ta savol — ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI Boshqa mavzular / Davlatlar
- Farzand tarbiyasiga oid muhim maslahatlar Boshqa mavzular / Davlatlar
- Didaktik o`yinlar Darsliklar / Davlatlar
- (Mening aziz kitobim) nomli alifbe bayrami senariysi Darsliklar / Davlatlar
- Onalar haqida sahna ko’rinishi Darsliklar / Davlatlar
- Harakatlar Strategiyasining maqsadi Boshqa mavzular / Davlatlar
- Diktant matnlari Darsliklar
Новые
- Zagsdan ya'ni to'ydan oldin sotib olingan mashina uchun ayolni ham haqqi bo'ladimi? Foydali Maslahatlar
- Ajrim bo'lmasa ham alimentga berish mumkinmi? Foydali Maslahatlar
- Hadya qilingan mashina er-xotin mulki bo'ladimi? Foydali Maslahatlar
- Ona haqida sara sherlar to‘plami Sherlar
- Mast holda qilingan taloq hisobga o‘tadimi? Foydali Maslahatlar