Zaksdan o'tish to'lovi 2023

Zaksdan o'tish to'lovi 2023

Adliya vazirligining 15.03.2012 yil 29-um-sonli “FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, fuqarolardan eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi to‘lovlar undiriladi:

FHDYo bo‘limi binosida nikohni qayd etish: jami 115.500 so‘m undiriladi, jumladan davlat boji 20% - 66.000 so‘m, gerb yig‘imi 15% - 49.500 so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan hamda chet el fuqarolarining nikohlarini qayd etish: davlat boji 50$-davlat kursida, gerb yig‘imi 15% - 49.500 so‘m.

Takroran nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma uchun: jami 99000 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 15%- 49.500 so‘m, gerb yig‘imi 15% - 49.500 so‘m.