Kasanachining mehnatiga haq to‘lash


Kasanachining mehnatiga haq to‘lash



Kasanachilarning ishiga, qoida tariqasida, ishbay haq to‘lanadi. Haq to‘lash amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun yoki sifati bo‘yicha belgilangan talablarga javob beruvchi ishlab chiqarilgan mahsulot uchun amalga oshiriladi.




Ishlab chiqarish normalari va ishbay narxlar taraflarning kelishuviga ko‘ra tegishli ishlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilangan normal ish vaqti hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.



Ishbay haq to‘lanadigan muayyan ish uchun kasanachining ish haqi miqdori ish beruvchining o‘z ishlab chiqarishida band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlariga taqqoslanadigan bo‘lishi kerak.




Kasanachining ish haqi, basharti kasanachi mehnat normalarini va mehnat majburiyatlarini bajarsa, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak va biron-bir eng yuqori miqdor bilan cheklanmaydi.




Kasanachining mehnatiga har bir tugallangan ish topshirig‘i, ishlar hajmi topshirilayotganda yoki mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muntazam vaqt oralig‘ida haq to‘lanishi kerak.



Mehnat shartnomasida kasanachining mehnatiga bo‘nak tarzida haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin.




Agar kasanachi o‘z mehnatini bajaradigan joyda ish haqiga hudud koeffitsienti belgilangan bo‘lsa, kasanachi mehnatiga haq to‘lash ushbu koeffitsient hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.