Talabalarga stipendiya to‘lash





Birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (baholari) ma’lum bo‘lgunga qadar stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.





Avvalgi o‘quv semestri natijalariga ko‘ra stipendiyalar quyidagi tartibda tayinlanadi va to‘lanadi
barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho (reyting ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan holda;
fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kamqismini «qoniqarli» bahoga (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) o‘zlashtirayotgan talabalarga — stipendiyaning bazaviy miqdorida;
fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.




2020-yil 1 fevraldan
davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);
semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;
semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).


OTMlarda talabalarga stipendiyalar tayinlash uchun har bir o‘quv yilida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida stipendiya komissiyasi tashkil etiladi.
Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro‘yxati OTM rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Stipendiyalarning belgilangan miqdorlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.