Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish





Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bevosita bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga qaratilgan harakatlar:


bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxsning bojxona nazorati zonasiga kirishi;
transport vositasining bojxona chegarasini kesib o‘tish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktiga kirishi;
bojxona hududiga yo‘llash yoki ushbu hududdan tashqariga jo‘natish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoxud xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish;
jismoniy shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanmagan joylardan tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib o‘tishga qaratilgan harakatlari.

Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishga ular olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.



Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib o‘tishidan xabardor qilishi shart.
Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda etib kelguniga qadar ular to‘g‘risida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli.

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib o‘tayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari etib kelishi kerak bo‘lgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib o‘tayotgan shaxs ko‘rsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan bo‘lsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi.



Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart.

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojxona deklaratsiyasini yoki ularni bojxona hududidan olib chiqishga yo‘l qo‘yuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda hujjatlar va ma’lumotlarni bojxona organiga taqdim etishi shart.



Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida yo‘l qo‘yiladi va transport vositalarini maxsus belgilangan joylarda to‘xtatgan holda, bojxona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojxona organlari ushbu transport vositalarini majburiy to‘xtatib qo‘yadilar.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak.


Tovarlar va transport vositalari olib kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash:
davlat xavfsizligini ta’minlash;
jamoat tartibini, inson hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
atrof muhitni muhofaza qilish;
milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini;
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqni;
olib kirilayotgan tovarlar iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.