Bojxona rasmiylashtiruvi





Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim.



Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib o‘tayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning turiga qarab qo‘llaniladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, jo‘natilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib o‘tish maqsadidan va bojxona hududida foydalanilishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari joylashgan erda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaxsning so‘roviga ko‘ra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojxona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin.

Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.



Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda, bojxona rejimi o‘zgartirilayotganda, shuningdek boshqa hollarda bojxona organlariga deklaratsiyalanishi lozim.

tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni bojxona organlariga ma’lum qilish


">Deklaratsiyalash tovarlar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi, ularning bojxona rejimlari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni hamda bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni belgilangan shaklda (og‘zaki, yozma, elektron) ma’lum qilish orqali amalga oshiriladi.



Bojxona deklaratsiyalarining turlari:
transport vositasi uchun deklaratsiya;
bojxona yuk deklaratsiyasi;
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi.


Bojxona deklaratsiyasini berish muddati