Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda shartnoma summasining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.