Turar joyni xususiy mulk qilib olish usullari





Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yo‘llar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega:


yakka tartibda uy-joy qurish;
yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish;
uy-joy obligatsiyalarini olish;
uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish;
oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash;
umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish;
meros olish;
qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish;
boshqa qonuniy yo‘llar.