Issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash bo‘yicha etkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuziladi.
Shartnoma tuzish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
turar joy yoki noturar xonaning mulkdori shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
ko‘p kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo bo‘lgan sana;
ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘linmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun);
issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar xonaning mulkdori uchun).
Eng ko‘p uchraydigan savol-javoblar bilan havolada tanishing.
Joriy yilning oktyabridan boshlab Toshkentda issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha murojaatlar uchun "1347" qisqa raqamli “Sall-markaz” ishga tushirildi.