Maishiy chiqindilar





Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish uchun tuman (shahar) hududlari biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.





Hududlarni tozalash
obodonlashtirish ob’ektlarida — shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan;
ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarda — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan;
yakka tartibdagi turar joy uylari va tashkilotlarning er uchastkalarida ajratilgan er uchastkasi doirasida — jismoniy va yuridik shaxslar (er uchastkalari egalari, mulkdorlari yoki doimiy foydalanuvchilari, shuningdek, ijaraga oluvchilar) tomonidan;
avtomobilь yo‘llari va sun’iy yo‘l inshootlarida ajratilgan er uchastkasi doirasida — ushbu ob’ektlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (balansda saqlovchilar) tomonidan;
temir yo‘llarda ajratilgan er uchastkasi doirasida (chuqur qiyalik va ko‘tarmalar, temir yo‘lni kesib o‘tish va aylanib o‘tish joylari va h.k.) — ushbu ob’ektlarga xizmat ko‘rsatuvchi temir yo‘l tashkilotlari tomonidan;
bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda — bozorlar ma’muriyati tomonidan;
jamoat yo‘lovchi transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida — ushbu ob’ekt egalari tomonidan, agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan bo‘lsa);
savdo do‘konlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, shu jumladan, ko‘chma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda — kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish palatkalari, do‘konchalari), shuningdek, maishiy xizmat ko‘rsatish (poyabzal ta’mirlash va shu kabilar) sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi.


Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish ko‘p kvartirali turar joy sektorida — chiqindi to‘plash shoxobchalaridan, yakka tartibdagi turar joy sektorida esa chiqindi to‘plash shoxobchalaridan yoki «signal» usulida amalga oshiriladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan bir kunda bir marta, «signal» usulida — uch kunda bir martani tashkil etadi.

Hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus chiqindi qutilari o‘rnatiladi.





Chiqindi qutilari, hududlarni tozalash uchun mas’ul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy tartibda quyidagilarda
ko‘p kvartirali uylarning pod’ezdiga kirish yo‘lida — 1 ta;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo ob’ektlarining binosiga kirish (chiqish) yo‘lida — 1-2 ta;
metro, er osti va er usti o‘tish joylarining har bir kirish (chiqish) yo‘lida — 2 ta;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun mo‘ljallangan ob’ektlarda (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulьvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) — ob’ektning har 800 m2-maydonida 1 ta va yo‘laklar va yo‘lkalar chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
bozorlar va savdo ob’ektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) — ob’ektning har 250 m2-maydonida 1 ta va savdo do‘konlari qatori bo‘ylab o‘rnatilganda — bir-biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
jamoat yo‘lovchi transport bekatlarida — 1-2 ta;
avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yo‘lida — 1-2 ta;
davolash muassasalarining hovli hududida — ob’ektning har 700 m2-maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa — bir biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;
chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda — 1-2 ta;
plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, ko‘llar, ko‘rfazlar yoki hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida — suv bo‘linishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3 — 5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, ob’ektning har 800 m2-maydonida 1 ta;
ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yo‘lkalarda hamda magistral ko‘chalarning piyodalar zonasi bo‘ylab, shuningdek, ko‘priklarda — hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda — har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda — har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.




Chiqindi qutilarini o‘rnatish, o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash (tozalash, bo‘shatish, yuvish, dezinfektsiya qilish va ta’mirlash), hududlarni tozalash uchun mas’ul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.



Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati bo‘yicha chiqindilarni to‘plash shoxobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni hal qiladilar.

Chiqindi to‘plash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo‘lmagan va 100 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.





Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
ko‘p kvartirali uylarda — qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi to‘plash shoxobchalariga joylashtirishda konteynerlarga tashlaydilar;
yakka tartibdagi turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasi «signal» usulida, jadval bo‘yicha kelguniga qadar o‘z hududlarida saqlaydilar va maxsus avtotransport vositasiga joylashtiradilar.

Bunda, maxsus chiqindi qoplari (paketlar) yoki g‘ildirakli va zich yopiladigan qopqoqli konteynerlardan (40 — 120 l) foydalanilishi mumkin.





Yirik gabaritli maishiy chiqindilar

Yirik gabaritli maishiy chiqindilar 8 — 10 m2dan kam bo‘lmagan maydonli, sun’iy suv o‘tkazmaydigan qoplama va yomg‘ir suvlarini oqizish tizimlari bilan jihozlangan, maxsus ajratilgan maydonchalarda to‘planishi lozim.



Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maydonchalar:


ko‘p kvartirali turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash shoxobchalariga bevosita yaqinlikda;
yakka tartibdagi turar joy sektorida — maydonchaning 100 — 200 metr radiusdagi samarali qamrovi hisobi bilan eng yaqin turar joy va (yoki) odamlarning doimiy bo‘lish joyi ob’ektlarigacha 20 metrdan yaqin bo‘lmagan masofada ajratiladi.

Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maydonchalarning muqobil varianti bo‘lib, mulьtilift tizimi bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositalari yordamida tashiladigan, 3 — 6 m3 hajmli konteynerlarni (almashadigan kuzovlarni) o‘rnatish hisoblanadi.





Qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash va olib chiqib ketish

Chiqindi to‘plash shoxobchalarida alohida to‘plashni tashkillashtirish maqsadida majburiy tarzda quyidagilar uchun to‘rt turdagi konteynerlar o‘rnatiladi:


qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar (ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan iborat chiqindilar) uchun — ko‘k rang;
organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun — jigarrang;
qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar (boshqa maishiy chiqindilar) uchun — kulrang;
xavfli maishiy chiqindilar uchun — to‘q sariq rang;
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘liq saralab yig‘ish uchun ajratib turuvchi rangli va (yoki) maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan qo‘shimcha konteynerlar (plastmassa chiqindilari — sariq, shisha va shisha siniqlari — oq, qog‘oz chiqindilari — havo rang) o‘rnatilishi mumkin.