Yo‘lovchi yoki bagajni tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishdan oldin uning oldiga talab qo‘yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga zarar etishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Talab qo‘yish tartibi
tashuv bir tashuvchi tomonidan amalga oshirilganda – talabgorning xohishiga ko‘ra jo‘nab ketish yoki etib kelish joyida;
tashuv bir nechta tashuvchi tomonidan amalga oshirilganda – bagaj tashishning buzilishi bo‘yicha, talabgorning xohishiga ko‘ra, birinchi yoki oxirgi tashuvchiga;
yo‘lovchining sog‘lig‘iga ziyon etganda yoki o‘limiga sabab bo‘lganda – ziyon etkazish holati sodir bo‘lgan yo‘nalish hududida tashuvni amalga oshirgan tashuvchiga nisbatan qo‘yiladi.
Ichki tashishlar bo‘yicha talab qo‘yish muddatlari
Ichki tashuvlar bo‘yicha tashuvchiga talablar 6 oy ichida qo‘yilishi mumkin, jarima to‘lashga oid talablar esa – 45 kun.
Ko‘rsatilgan muddat hisobi:
qo‘l yuki, yuk yoki pochta kamomadini yoxud etkazilgan zararni qoplash, shuningdek qo‘l yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qo‘yiladigan talablar bo‘yicha — ular berilgan kundan boshlab;
yo‘qotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar bo‘yicha — yuk etkazib berish uchun mo‘ljallangan muddatdan 10 kun o‘tgach;
yo‘qotilgan qo‘l yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar bo‘yicha — etkazib berish muddati o‘tgandan so‘ng;
boshqa barcha hollarda — talab qilish uchun asos bo‘la oladigan voqea ro‘y bergan kundan e’tiboran boshlanadi.
Talab qilish muddati tugaganidan so‘ng ham, agar tashuvchi ko‘rsatilgan sabab uzrli deb hisoblasa, talablarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
Tashish shartnomasi havo tashuvchisi tomonidan buzilganda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Talab bevosita yo‘lovchi tomonidan qo‘yiladi, uning o‘limi yoki sog‘lig‘i yomonlashganda – boshqa vakolatli shaxs tomonidan. Bunda havo transporti bilan yo‘lovchi va bagajni tashish bo‘yicha shartnoma tuzilganligi hamda tashish shartnomasi buzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish lozim.
Xalqaro tashuvlar bo‘yicha e’tiroz (talab) bildirish muddati
Xalqaro tashuvlar bo‘yicha tashuvchiga e’tiroz (talab)lar:
bagaj olingan kundan 7 kun ichida;
tovar olingan kundan 14 kun ichida;
kechikkan vaqtdan 21 kun (qabul qilib olingan kunni hisobga olgan holda) ichida;
havo kemasi belgilangan joyga etib kelgan kundan yoki bagaj (yuk) yo‘qotilgan holat bo‘yicha tashuv bekor qilingan kundan 2 yil ichida bildiriladi.
Havo transporti tomonidan tashish shartnomasi buzilganda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Talab bevosita yo‘lovchi tomonidan qo‘yiladi, uning o‘limi yoki sog‘lig‘i yomonlashganda – boshqa vakolatli shaxs tomonidan. Bunda havo transporti bilan yo‘lovchi va bagajni tashish bo‘yicha shartnoma tuzilganligi hamda tashish shartnomasi buzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish lozim.
Talablarni ko‘rib chiqish muddatlari
Tashuvchi talabni ko‘rib chiqishi va talabgorni ariza qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida quyidagi muddatlarda ogohlantirishi lozim:
oddiy tashuvlarda 3 oy ichida;
to‘g‘ridan to‘g‘ri aralash tashuvlar yoki bir nechta tashuvchilar qatnashgan tashuv bo‘yicha talabga nisbatan–6 oy
jarima to‘lash bo‘yicha talabga nisbatan – 45 kun
Da’vo muddati va sudlovga taalluqlilik
Havo tashuvidan kelib chiqadigan da’volar tashuvchiga havo kemasi belgilangan joyga etib kelgan yoki kelishi lozim bo‘lgan kundan yoxud tashish shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 3 yildan kechikmay, da’vogarning xohishiga ko‘ra, tashuvchi joylashgan joy bo‘yicha, agent yordamida tashish shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, agentlik joylashgan joydagi tegishli sudda ko‘riladi.
Tashuvchi aviakompaniyaning xarakatlaridan norozi bo‘lsangiz, quyidagi tashkilotlarga elektron ravishda murojaat qilishingiz mumkin:
Parvozlarning xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (murojaat uchun ushbu havolaga o‘ting)
Prokuratura organlari (murojaat uchun ushbu havolaga o‘ting)
Adliya organlari (murojaat uchun ushbu havolaga o‘ting)
Sud organlari (murojaat uchun ushbu havolaga o‘ting)
Advokat xizmatidan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting.