Sport kurashlarining olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish





Sport kurashlarini olimpiya sport turlari sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida Prezident qarori (PQ–336-son, 29.07.2022-y.) qabul qilindi





Quyidagilar 2022 — 2024-yillarda sport kurashlarining olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilan:
sport kurashlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni, shu jumladan sportchi ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (selektsiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
xotin-qizlarning sport kurashlari bilan shug‘ullanishi va professional sportchi bo‘lishi uchun ularni jalb qilish bo‘yicha keng tashkiliy-amaliy va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik tavsiyalar asosida tayyorlash orqali o‘quv-mashq jarayonini tashkil qilish, ularning nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional mahoratini shakllantirish, bu borada natijador xorijiy trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni taklif qilish; va boshqalar



Sport kurashlarining olimpiya turlarini 2022 — 2024-yillarda kengroq rivojlantirish dasturi.



2023-yildan har yili an’anaviy tarzda sport kurashlari bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha):


yoshlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;
o‘smirlar o‘rtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;
kattalar o‘rtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Vazir kubogi”, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida “Rais kubogi”, Milliy gvardiya tizimida “Qo‘mondon kubogi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.


2023-yildan boshlab:
sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi bo‘yicha, shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi bo‘yicha sektsiya va bo‘limlar tashkil etsin. Bunda, mazkur sektsiya va bo‘limlarni tashkil qilishga sobiq bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ularning filiallarini maqbullashtirish va ular xodimlarini qisqartirish natijasida bo‘shab qolgan byudjet mablag‘lari yo‘naltiriladi;
sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari g‘oliblari va sovrindorlarining (1 — 3-o‘rinlar), qoida tariqasida, birinchi navbatda xalqaro sport musobaqalari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishini ta’minlasin;
sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari va ularning zaxira tarkiblarining mahalliy sportchilardan shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratsin; va boshqalar