Ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Xizmat tavsifi: Kadastr pasportini shakllantirish
Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda
Xizmatning sohaga tegishliligi: Kadastr pasportini berish
Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2 sentyabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10 iyuldagi 186-son “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori
Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob’ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi
a) ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan er uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Xizmat natijasi: Kadastr pasportini rasmiylashtirish va berish
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi. So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
Rad etish sabablari:
Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi
Bog‘lanish: Tel: +998 (71) 244-30-82
Tashkilot:
O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari.
Shikoyat arizasi berish tartibi: Ko‘rsatilgan xizmatdan qoniqish bo‘lmasa yoki norozi bo‘lgan taqdirda, arizachi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yuqori tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Bu qanday ishlaydi?
► Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi. So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ariza beruvchi: Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: So‘rovnomani tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.
DKfiliali:
Ob’ektda joyiga chiqib o‘lchov ishlarini amalga oshiradi va to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ob’ekt manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi (talab etilganda). Reglamentda ko‘rsatilgan (ob’ekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda.
Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida.
Ariza beruvchi: Xabarnomada (invoys) belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi. Real vaqt rejimida.
* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.