Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (tonirovka) ruxsatnoma olish





Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish





Bu qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi so‘rovnomani to‘ldirib yuboradi.
Taqdim etilgan kvitantsiya bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
QR-kod qo‘yilgan ruxsatnomani oladi.



Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati



Bog‘lanish: +99871 267-63-15



Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomasi (texpasport).



Xizmatni ko‘rsatish muddati:


To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 2 soat mobaynida.
To‘lov amalga oshirilmagan (noto‘g‘ri shakllantirilgan) arizalar 10 kundan so‘ng avtomatik ravishda o‘chiriladi.

2022-yil 1-iyuldan boshlab:


engil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi;
jismoniy va yuridik shaxslarning engil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari etib belgilandi.


Xizmat narxi:



Old yon oynalarga:


7,2 BHM (jismoniy va yuridik shaxslarga)
36 BHM (avtobus, mikroavtobus, uchinchi sinf avtotransportlar)

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun:


Old yon oynalarga 12,6 BHM