Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar:
Bitim va shartnomalar
Avtomototransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi
Avtomototransport vositasini hadya shartnomasi
Ayirboshlash shartnomasi
Avtomototransport vositasini tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi
Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasi
Ko‘chmas mulkning hadya shartnomasi
Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi
Nikoh shartnomasi
Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv
Bitimni bekor qilish kelishuv
Bitimga qo‘shimcha (o‘zgartirish) kelishuv
Qarz shartnomasi
Er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv
Meros mulkini taqsimlash haqidagi kelishuv
Kafillik shartnomasi
Vasiyat va meros
Vasiyatnoma
Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma
Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma.
Taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma
Meros transmissiyasi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma
Merosdan majburiy ulush olish to‘g‘risidagi guvohnoma
Arizalar
Er/xotindan bitim rasmiylashtirish uchun rozilik arizasi
Bitimni tuzish uchun shaxsning er/xotinni yo‘qligi to‘g‘risida arizasi (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Voyaga etmagan bolani chet elga kuzatib borish va olib kelish to‘g‘risida rozilik arizasi (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Voyaga etmagan farzandining chet elga chiqishga ota-onasining rozilik-arizasi
Vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi ariza (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Voyaga etmagan farzandiga Xorijiy davlatga doimiy yashashiga ota-onasining rozilik-arizasi (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Shaxs fuqaroligidan chiqishga boshqa shaxsga rozilik-arizasi (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Fuqarolikni olishga shaxsdan boshqa shaxsga rozilik-arizasi (Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash)
Sudda er/xotinning ishtiroqi siz nikoxdan ajralish xaqidagi arizasi
Merosxo‘rning meros ulushidan voz kechish haqidagi arizasi
Ishonchnomalar
Avtomototransport vositasini boshqarishga (boshqa shahsga o‘tqazish huquqi bilan) ishonchnoma
Ko‘chmas-mulkni sotish (hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, ijaraga berish va h.q) huquqi bilan ishonchnoma
Meros rasmiylashtirish uchun ishonchnoma
Pensiya va nafaqa olish uchun ishonchnoma
Sudda qatnashish uchun ishonchnoma
Pulni olish uchun ishonchnoma (oylik, premiya, yutuq, va hujjatlarni olish)
Boshqa turdagi notarial xarakatlar
Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash
Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash
Tarjimonning imzosini haqiqiyligini shahodatlash
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma
Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurgan kemalarda safarda bo‘lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga o‘xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo‘lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo‘lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo‘lmagan shaxslarning, ular oila a’zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Notarial harakatni amalga oshirish va to‘xtatib turish muddatlari
Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirish, manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati 1 oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba ko‘pi bilan 10 kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Elektron notarius portalidan foydalaning.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.