Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:
Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) avtotransport vositasini vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu avtotransport vositasini qanday olgan bo‘lsa, normal eyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan
1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
- O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
- 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (faqat voyaga etmagan nomidan tekin foydalanishga berilsa);
- harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
- chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
2. Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun «O‘zdavtexnazorat» tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (tex.pasport);
3. Mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki va Nikoh haqidagi guvohnomasi), barcha egalarining roziligi;
4. Mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
5. Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.
6. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma (asli).
7. Bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa (mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
8. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).
9. Avtomototransport vositasini qabul qilish-topshirish dalloatnomasi.
Notarial harakatni ishtirokchilari:
Ssuda beruvchi tarafdan:
Mulkdor/yoki/Mulkdor va uning qonuniy vakili/yoki/Ishochnoma orqali Mulkdorning nomidan harakat qiluvchi vakili.
Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari bo‘lsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)
Ssuda oluvchi tomonidan:
Sudda oluvchi shaxs/yoki/ Sudda oluvchi shaxs va uning qonuniy vakili/yoki/Ishochnoma orqali Sudda oluvchi shaxsning nomidan harakat qiluvchi vakili.
Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan shaxslar bitim ishtiroqchilari bo‘lsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)
Izoh: Zarur bo‘lsa, shartnomada tarjimon ishtirok etishi mumkin.
Xizmatni olish muddati: 60 daqiqagacha
Xizmatni olishning yakuniy natijasi: Avto- moto- transport vositasini tekin foydalanish shartnomasi
Boshqa shartlar va talablar:
O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida» Qonunning 37-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlariga daxl qiladigan harakatlarni vasiy yoki homiy amalga oshirganida vasiylik va homiylik organlarining ruxsatlari. Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan: «Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga garovga yoki ijaraga berishga xaqli». O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” Qarori: 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy o‘yinlarning yutuqlari bo‘lgan, qonunda belgilangan tartibda meros yoki hadya (mukofot) qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 618-modda. Ssuda beruvchi Ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning mulkdori va qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslar ega bo‘ladi. Tijorat tashkiloti o‘z muassisi, ishtirokchisi (aktsiyadori), rahbari, o‘z boshqaruv yoki nazorat organlarining a’zosi bo‘lgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga berishga haqli emas.