O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish





Quyidagilar o‘simlik dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:


yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan;
yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari;
yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari.



O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari:
yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik ehtiyojlari uchun g‘amlash;
chorva mollarini o‘tlatish;
o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
yovvoyi o‘simliklarning texnik xom ashyosini g‘amlash;
yovvoyi o‘simliklarning dorivor xom ashyosini g‘amlash (yig‘ish);
yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g‘amlash (yig‘ish);
daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog‘liq holatlarda);
o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;
o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;
o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan kollektsiyalash maqsadlarida foydalanish.

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.





Umumiy foydalanish me’yorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.



O‘simlik dunyosi ob’ektlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqqanlik uchun to‘lovlar MIQDORI.


Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar:
tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;
tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs bo‘lganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxs bo‘lganda, unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish;
ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish;
olingan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan so‘ng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (o‘simlik dunyosi ob’ektlarining g‘amlangan hajmi, vaqti va to‘plash joyi);
ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qandaydir tuzatishlar va qo‘shimchalarni kiritishni taqiqlash;
ruxsatnomani olishga arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish uchun to‘lov.




Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.