O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhida loyiha echimlari belgilanadi.
Aholini joylashtirish bosh tarhida quyidagilar belgilanadi:
aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini O‘zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros ob’ektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
qishloq xo‘jaligiga va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan hududlar;
ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlar;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor bo‘lgan hududlar;
foydali qazilmalar joylashgan hududlar;
o‘ziga nisbatan shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari va shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur hududlardan foydalanishga doir cheklovlar belgilangan hududlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha echimlari.
Loyiha hujjatlari quyidagilardan iborat:
ishchi loyiha;
loyiha-smeta hujjatlari;
ishchi hujjatlar.
Loyiha hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy echimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydi.
Loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo‘linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yong‘in nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishiladi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish buyurtmachining tashabbusiga ko‘ra hamda uning hisobidan amalga oshiriladi.
Ob’ektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.