Sudьyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish





Sudьyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi — sug‘urtalovchi u bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti)ni sug‘urta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) sug‘urta summasi doirasida sug‘urta qilingan shaxsning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi hisoblanadi.



Sudьyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish tartibi.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani taqdim qiladi.

Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi — sug‘urtalovchining har bir sug‘urta qilingan shaxs oldidagi majburiyatlarining cheklangan hajmidan iborat bo‘lib, sudьyaning ellik oylik ish haqiga teng summa hisoblanadi.





Sug‘urta qildiruvchi huquqlari:
sug‘urtalovchidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sug‘urtalovchining sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
sug‘urta qilingan shaxslarning soni kamayganda sug‘urta mukofotining sug‘urtalangan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish;
sug‘urta polisi yo‘qotilgan taqdirda sug‘urtalovchidan sug‘urta polisi dublikatini olish huquqiga ega.




Sug‘urta qildiruvchi majburiyatlari:
belgilangan tartibda va muddatlarda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashi;
sug‘urta qilingan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi;
sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran 20 ish kuni mobaynida sug‘urtalovchiga yozma shaklda ma’lum qilishi shart.



Sug‘urtalovchi huquqlari:
sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilishi holatlariga doir axborotni tekshirish huquqiga ega.




Sug‘urtalovchi majburiyatlari:
sug‘urta qildiruvchini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) sug‘urta to‘lovini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urta qildiruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslagan holda yozma shaklda xabar qilishi;
barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta to‘lovini to‘lashi va boshqalar.


Sug‘urta qilingan shaxs huquqlari
Naf oluvchi huquqlari

Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini to‘lash tartibi va shartlari




Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, bu haqda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida yozma murojaat qilingandan boshlab o‘n besh ish kunidan kechikmay rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar qilingan bo‘lishi kerak.