Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3395, 31.10.2022-y.)
Mazkur Qoidalar kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo ob’ekti orqali amalga oshiradi.
Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
1. kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:
jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
2. kripto-do‘konning savdo ob’ekti orqali:
jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.