Maqbul sifatli tovarni qaytarish yoki boshqasiga almashtirish





Iste’molchilar tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatiga ega bo‘lish huquqiga ega.



Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.

Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.



Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.

Agar nooziq-ovqat tovari belgilangan muddatda saqlangan bo‘lsa, sotuvchi uni qabul qilishni rad etishga haqli emas.



Agar sotuvchi tovarni qaytarib olishdan yoki ayni shunday tovarga almashtirishdan bosh tortsa Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga shikoyat qilish mumkin.