Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi huquqi





Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilishi mumkin.





Bunday holda iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilarni talab qilishga haqli:
tovarni shunday markali tovarga almashtirib olish;
tovarni boshqa markali (modelli) tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;
nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki xarajatlarni qoplashni talab qilish;
narxni kamaytirishni talab qilish;
shartnomani bekor qilish va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.




Mazkur huquqlarni amalga oshirish uchun tovarning nuqsoni quyidagi muddatlarda aniqlangan bo‘lishi lozim:
tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida;
ko‘chmas mulk iste’molchiga sotilgan kundan boshlab 2 yil ichida.




Nuqsonli tovar sotuvchiga quyidagilar bilan birga qaytariladi:
tovarning kassa (tovar) cheki;
tovarning texnik pasporti (ayrim tovarlar uchun).




Iste’molchi sifatsiz oziq-ovqat tovari sotib olsa, 24 soat ichidagina uni:
almashtirish;
narxini kamaytirish;
nuqsonni bartaraf etish va zararni qoplash talabini qo‘yish huquqiga ega.


Iste’molchi sifatli nooziq-ovqat tovarini (masalan, sovun, idish-tovoq, o‘yinchoqlar, kantselyariya mollari va shu kabilar) sotib olgan kunidan boshlab 10 kun ichida ayni shunday tovarga almashtirib olishga haqli.
Agar sotuvchida bunday tovar mavjud bo‘lmasa, iste’molchi to‘langan pulni qaytarib olishi mumkin.
Almashtirilayotgan tovarlarning narxida tafovut bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinadi.


Sotuvchi tomonidan nuqsonli tovarni almashtirib berish rad etilsa:
vakolatli organlargamurojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
sud organlariga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting.



Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan tovarlar ro‘yxati



Nuqsonli tovarni almashtirish va nuqsonni bartaraf etish




Tovarning nuqsonlari aniqlanganda, shu kundan boshlab 7 kunlik ichida tovar ayni shunday markali tovarga almashtiriladi.



Muddat uzaytirilishi mumkin, agar:


O‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tovar bahosining 1 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘laydi.


Tovarning kafolat muddati mobaynida nuqsonlar topilganda, uni bepul bartaraf etish muddati
sotuvchi bartaraf etsa - 20 kun ichida;
ishlab chiqaruvchi bartaraf etsa - 10 kun ichida.


Iste’molchi kafolat muddati tugaganidan keyin ham tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etishni talab qilishi mumkin.


Ta’mirlash davrida iste’molchiga berib turish (almashtirish) to‘g‘risidagi talab tatbiq etilmaydigan tovarlar
Avtomobillar, mototsikl, tirkama va nomerli agregatlar;
Mebelь;
Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar va b.);
Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCh pechlari, elektrpechlar, tosterlar va b.).




Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan quyidagi holatlarda tovar bahosining 1 foizi miqdorida penya to‘lanadi
iste’molchining vaqtincha foydalanish uchun tovar berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun;
nuqsonlarni bartaraf etish muddatlarini ortiqcha kechiktirilgan har bir kun uchun.




Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) nuqsonli tovarni almashtirmasa, qaytarib olmasa yoki nuqsonni bartaraf etmasa vakolatli organlarga murojaat etish mumkin.