O‘zbekiston Respublikasi pasporti va ID-karta





O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi - O‘zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.



ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:


yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
16 yoshdan — 10 yil muddatga.


ID-kartani rasmiylashtirish va berish, quyidagi hollarda amalga oshiriladi
ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
fuqaro 16 yoshga to‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.


Fuqaro ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:


belgilangan shakldagi ariza-anketa;
ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitantsiya majburiy emas).


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish sxemasi




Bosqichlar



Sub’ektlar



Tadbirlar



Bajarish muddatlari



1-bosqich



O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi:


ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan 16 yoshigacha;


16 yoshga to‘lganda;


O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganda;


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.



ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:


belgilangan shakldagi ariza-anketa;


ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;


tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);


vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);


davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitantsiya majburiy emas).



Zaruriyatga ko‘ra



-



2-bosqich



Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari)



O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:


arizachining biografik ma’lumotlarini tizimga kiritadi;


shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi;


shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;


ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnomani shakllantiradi.



Ariza berilgan
kun davomida



3-bosqich



Davlat personallashtirish markazi



ID-karta olish uchun ariza topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi;


a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan holda:


jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi;


b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lsa:


shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.



Axborot tizimi vositasida
real vaqt rejimida



-



4-bosqich



Ma’lumotlarni yig‘ish punkti



O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.



Hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida



-



5-bosqich



O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi



Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:


ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda;


ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;


ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.



Murojaat etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida



-



6-bosqich



Ma’lumotlarni yig‘ish punkti



O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtiradi va beradi.



ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ariza berilgan kundan boshlab
besh ish kuni ichida








ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.



Agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.
ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ID-karta bepul almashtiriladi.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish bo‘yicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.



Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilish.
Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti 2030-yil 31 dekabrgacha haqiqiydir.



O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish sxemasi


Bosqichlar



Sub’ektlar



Tadbirlar



Bajarish muddatlari



1-bosqich



O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs:


ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan 16 yoshigacha;


16 yoshga to‘lganda;


O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda yoki fuqarolikni yo‘qotganda;


O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.



ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:


belgilangan shakldagi ariza-anketa;


chet davlat fuqarosining milliy pasporti (O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi uchun ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);


ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta;


tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);


vakolatli organlar tomonidan berilgan arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat (chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki yo‘qotgan holatda);


davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitantsiya majburiy emas).



Zaruriyatga ko‘ra



-



2-bosqich



Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari)



O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:


arizachining biografik ma’lumotlarini tizimga kiritadi;


shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi;


shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;


ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnomani shakllantiradi.



Ariza berilgan kun davomida



3-bosqich



Davlat personallashtirish markazi



ID-karta olish uchun ariza topshirgan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsing shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi;


a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan holda:


jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi;


b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lsa:


shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.



Axborot tizimi vositasidareal vaqt rejimida



-



4-bosqich



Ma’lumotlarni yig‘ish punkti



O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.



Hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida



-



5-bosqich



O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs



Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:


ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda;


ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;


ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.



Murojaat etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida



6-bosqich



Ma’lumotlarni yig‘ish punkti



O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga ID-kartani rasmiylashtiradi va beradi.



ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida