Pasport almashtirish





Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoxud O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.





Quyidagi hollarda pasport almashtiriladi
pasportning amal qilish muddati tugaganda;
familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganida;
millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartirganda;
yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
viza va alohida belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlar to‘lganda;
foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.




Taqdim etiladigan hujjatlar
ariza;
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (pasportni birinchi marta olish chog‘ida);
ilgari olingan pasport;
35x45 millimetr kattalikdagi ikkita oq-qora yoki rangli fotosurat.

Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish, millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartish yoki yozuvdagi chalkashlikka aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.



Fuqaro pasportini yo‘qotgan taqdirda unga belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab 1 oy ichida yangi pasport beriladi.
Pasportni almashtirishga, shuningdek, 18 yoshga to‘lishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar - pasport amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin va pasport amal qilish muddati tugaganidan keyin 1 oylik muddatda hamda 18 yoshga to‘lgandan keyin 1 oylik muddatda beriladi.


Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi
tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — 2 yil muddatga;
bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.


Konsullik muassasiga taqdim etiladigan hujjatlar.
Yangi pasportni rasmiylashtirish joyidan qatьiy nazar davlat boji yoki konsullik yig‘imi undiriladi.
Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaganlik oqibatida yo‘qotib qo‘yish jarimaga sabab bo‘ladi.