Yashash guvohnomasi - xorijiy shaxsning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatida turgan joydagi diplomatik muassasalardan murojaat qilishi kerak.
Doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
belgilangan shakl bo‘yicha 2 nusxada ariza — so‘rovnomalar;
arizachi doimiy yashash niyatida bo‘lgan qarindoshlari (tanishlari) ning arizachi iltimosiga o‘z munosabatlari to‘g‘risida notariat tomonidan tasdiqlangan arizalari, shuningdek qarindoshlar (tanishlar)ning uy-joyga egalik huquqini va unda yashovchi shaxslar sonini tasdiqlovchi hujjatlar;
nikoh to‘g‘risidagi, bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjatlarning notariat tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida kvitantsiya;
kattaligi 35x45 millimetrli 2 ta fotosurat.
Xorijiy shaxslar uchun yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi, ammo xorijiy davlat pasportining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak, 60 yoshga to‘lganda esa — xorijiy davlat pasporti amal qiladigan butun muddatga beriladi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, 60 yoshga to‘lganda esa muddatsiz beriladi.
Yashash guvohnomasi quyidagi hollarda almashtiriladi
familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganida;
millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartirganda;
yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
alohida belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlar to‘lganda;
amal qilish muddati tugaganda;
foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish to‘g‘risidagi hujjatlarni vakolatli organlarning har birida ko‘rib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi.