YUZDAGI DOG‘LARNI OSON KЕTKAZISH USULLARI
➥ 1 osh qoshiq suzma, 1 ta tuxum oqi va bir osh qoshiq o‘simlik yog‘i obdan aralashtiriladi va yuzga qalin qilib surtiladi. 20-25 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi.
Muolaja samara sezilguncha bajariladi.
➥ Yana bir usul: bir bog‘ shivit (ukrop) 0,5 litr suvda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Belgilangan muddat o‘tgach, doka orqali suzib olinadi. Sovigach, og‘zi yopiladigan idishda sovitkichga qo‘yiladi.
Ana shu qaynatma bilan har kuni yuz artib turilsa, dog‘lar ketib, yuz terisi oqaradi