Bu qanday ishlaydi?
Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi, gaz ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
Loyihalash tashkiloti so‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qiladi..
Gaz ta’minoti korxonasi gaz ta’minoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Gaz ta’minoti loyihasini kelishish uni gaz ta’minoti korxonasining ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi va kelishilgan gaz ta’minoti loyihasini YaIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuboradi.
Tashkilot: «Hududgazta’minot» AJ
Bog‘lanish: Call markaz: 1104
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida
Xizmat narxi: Bepul