Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infektsiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, shaxslarni odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV) tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Klinik ko‘rsatmalari mavjud bo‘lgan shaxslarga ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi
tana harorati bir oydan ortiq vaqt davomida me’yoridan yuqori ko‘tarilib turgan shaxslar;
bir oydan ortiq davom etayotgan noma’lum etiologiyali diareya bo‘lgan shaxslar;
uch oydan ortiq davom etayotgan limfoadenopatiya bo‘lgan shaxslar;
surunkali va qaytalovchi, davolanishi natijasiz zotiljam bo‘lgan shaxslar;
jinsiy a’zolarining surunkali, bachadon va bachadon nayining og‘ir yallig‘lanishi, endometrit, adneksit kasalliklari mavjud bo‘lgan shaxslar;
og‘iz bo‘shlig‘ining virusli yoki zamburug‘li kasalliklari va tilning tukli chaqalanishi (leykoplakiya) bilan kasallangan shaxslar;
immun tizimi buzilgan (t-xelperlarning kamayib ketishi) va chuqur immunitet tanqisligi holatida bo‘lgan shaxslar;
ko‘p marta qaytalanuvchi surunkali kasalliklar bilan kasallanayotgan shaxslar;
qon va boshqa biologik suyuqliklar retsipienti bo‘lgan shaxslar;
va boshqalar.
Quyidagilar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi majbur
qon, biologik suyuqliklar donorlari;
50 yoshgacha bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar;
homilador ayollar;
in’ektsiya orqali giyohvandlik vositalarini iste’mol etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
OIVni yuqtirib olgan onalardan tug‘ilgan bolalar;
o‘z faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va to‘qimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari;
jinsiy sherigida OIV aniqlangan shaxslar.
OIV infektsiyasiga xos bo‘lgan opportunistik kasalliklar ro‘yxati
Vakolatli organ: OITSga qarshi kurashish markazlari.
Taqdim etiladigan hujjat: pasport yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.
Xizmat uchun yig‘im undiriladi.